Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti ekspertlari OKMKda

10 Noyabr 2025, 14:50 463

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati so‘nggi yillarda qator xorijiy mamlakatlarning yirik kompaniyalari bilan manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yib, hamkorlik doirasini kengaytirib kelmoqda. 2025-yilning o’zida Buyuk Britaniya, Mongoliya, Xitoy, Germaniya, Finlandiya, Koreya, Vengriya, Shvetsiya va Chexiya kabi davlatlardan vakillar kombinatda bo’lishib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Kuni kecha Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) ekspertlaridan iborat bo’lgan delegatsiya OKMKga tashrif buyurdi. 

Ikki davlat vakillari o’rtasidagi uchrashuvda OKMK mutaxassislari korxonada olib borilayotgan modernizatsiya ishlari, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar hamda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berib, ochiqlik va samaradorlikni ta'minlash borasidagi islohotlar kombinatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanishini alohida qayd etdilar. 

OECD vakillari mineral xomashyolarning narxini belgilashda xalqaro amaliyotlarni qo‘llash, global soliq standartlariga moslashish, shaffof hisobot tizimini joriy etish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish bugungi kunning eng muhim masalalari ekanligini ta’kidlab o’tishdi.

Mehmonlar tashrif davomida “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” konlarida bo‘lishib, ma’dan qazib olish jarayonlari bilan ham tanishishdilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar ekologiya, soliq siyosati, transport-logistika kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish, aniq amaliy loyihalar bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqish va ekspertlik maslahatlarini davom ettirishga kelishib oldilar.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech