Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Mis boyitish fabrikasining 1-sonli Maydalash sexi hamda Yanchish va flotatsiyalash sexining 1- va 2- sonli uchastkalari o‘z oldilariga qo‘yilgan yillik rejaviy ko‘rsatkichlarni muddatidan avval bajarishga erishishdi.
Joriy yilda 1-sonli Maydalash sexi uchun 23,0 mln tonna ruda qabul qilish prognozi belgilangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan +104,5%ga o‘sdi. Shuningdek, o‘tgan yilga nisbatan 1-uchastkada rudani qayta ishlash bo‘yicha yillik o‘sish sur'ati +102,1%ni, 2-uchastkada esa +108,3%ni tashkil etdi.
1- va 2-uchastkalar mis-molibden konsentratiga mis metallini ajratib olish bo‘yicha umumiy belgilangan prognoz(67 740,99 tonna)ni bajarishgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur'ati +103,6%ni tashkil etgan.
Ushbu ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi albatta, butun Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasining katta yutug‘i, shu jumladan, 1-maydalash sexi hamda Yanchish va flotatsiyalash sexi barcha ishchi-xodimlarining, mutaxassis va rahbarlarning munosib mehnati, qolaversa, fabrikada olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari samarasi hisoblanadi.
Axborot xizmati