Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Malakali mutaxassislar doim yuqori mehnat samaradorligini ta'minlashning muhim sharti hisoblangan. Shuningdek, tarkibiy bo‘linmalarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida o‘rnatilayotgan texnologik uskunalar bilan ishlash, ularni boshqarish uchun malakali mutaxassislar talab etiladi.
Kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirida muhim bo‘g‘in sanalgan Mis boyitish fabrikasida mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘quv markazi ishlab chiqarish ta'lim ustasi Samandar Mavlonovning ma'lum qilishicha, fabrikada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha zamonaviy o‘quv xonasi tashkil etilgan. O‘quv xonasi 15 dona zamonaviy monobloklar bilan jihozlandi. 1 yilda o‘rtacha 800 nafar ishchi-xodim malakasini oshirib, qayta tayyorlanadi. Shuningdek, kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlaridan yiliga 200 nafardan oshiq amaliyotchilar ham fabrikada amaliyot o‘tashadi. Fabrika sexlarida sanoat ekskursiyasi tashkil etiladi. E'tiborlisi, amaliyotchilar yaqinda tashkil etilgan fabrika muzeyida fabrika maketlari yordamida ishlab chiqarish sexlari haqida to‘liq tassavurga ega bo‘lishadi.
Fabrikada mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga raqamlashtirish ham bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda. Buning uchun xodimlarni asosiy ish joyidan ajralmagan holda onlayn o‘qitishga mo‘ljallangan O‘qitishni boshqarish tizimi (“Learning management system” platformasi)dan foydalanilmoqda.
Axborot xizmati