• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fabrikada yangi nozimxona foydalanishga topshirildi

21 May 2024, 14:0 1161

2-MBFning 70 yilligiga

O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni arafasida bir qator kombinat tarkibiy bo‘linmalarida yangi ob'yektlar foydalanishga topshirildi.

Bu yil o‘zining 70 yilligini nishonlaydigan 2-Mis boyitish fabrikasida yangi nozimxona foydalanishga topshirildi.

Ushbu ob'yektning ochilish marosimida OKMK Ijro apparati Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ramil Artikxujayev, 2-MBF direktori Hasan Miraxmedovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda ramziy lenta qirqilib, nozimxona rasman o‘z faoliyatini boshladi.     

Nozimxona xodimlarning ishlashi va texnologik jarayonni boshqarish hamda nazorat qilishda barcha qulayliklarga ega. Ushbu xonada dispetcherlik xizmati operatorlari fabrikadagi barcha texnologik jarayonni boshqarib, nazorat qilishadi.

Nozimxona davlat standartlariga mos keladigan holda qayta ta'mirlanib, yangi jihozlar bilan ta'minlandi.

Jumladan, barcha asosiy qurilmalar ishchi holatini,suv sarfini, ma'dan olib keluvchi elektropoezd va boyitma tashuvchi barcha transport vositalarini  GPS qurilmasi orqali nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, kuzatuv kameralari orqali texnologik jarayon kuzatiladi. Soatlik va sutkalik qayta ishlab chiqarish jarayonini hisobini yuritish dasturi ishlab chiqildi. Yanchish va flotasiya bo‘limiga reagentni tejash va mahsulot sifatini oshirish uchun PRIU 5M dozator qurilmasi o‘rnatildi va dasturga bog‘landi. Sanoat chiqitlarini saqlash uchastkasi asosiy qurilmalarini ishchi holatini nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi.

Sanoat chiqitlarini saqlash uchastkasiga ichimlik va sanoat suvlari uchun hisoblagichlar o‘rnatilib, dasturga bog‘landi. Ushbu uchastka hovuzlarida avtomatik drenaj tizimi ishga tushirildi. Uchastkada bosimni nazorat qilish ya'ni bosim belgilangan ko‘rsatgichdan oshsa yoki tushsa, navbatchini ogohlantruvchi tovushli signal tizimi joriy etildi.

Aloqa sifatini yaxshilash va har qanday holatda ichki aloqa uzilishlarini oldini olish maqsadida aloqa markazi o‘rnatildi. 

Kelgusida 6-, 10-, 11-, 18-sonli tegirmonlarga yuqori aniqlikka ega avtomatik konveyr tarozilarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad mahsulot sifatini yaxshilash va bunker sathi nazoratini takomillashtirish sanaladi.

Shuningdek, mahsulot sifatini yaxshilash hamda suv sarfini kamaytirish maqsadida ma'dan-suv tizimi ishga tushiriladi. Reagent moddalarni tejash va mahsulot sifatini oshirish uchun barcha reagent dozatorlari avtomatik tizimga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, maydalash va yuvish uchastkasini ishga tushirish, yangi o‘rnatilishi rejalashtirilgan konveyrlarga qurilma va datchiklar o‘rnatish va dastur joriy etish rejaga kiritilgan. 

Elektr energiyasi sarfini va nazoratni avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazish va dasturga kiritish ham belgilangan.

O'ktam Bekmatov,

2-MBF Yoshlar ittifoqi raisi v.b

Bo`lishmoq:
Text to speech