• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fabrikadagi maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotiga yaxshi bahosi qo‘yildi

01 Aprel 2024, 9:52 463

Joriy yilning 29-mart kuni Mis boyitish fabrikasida maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.

“Mis boyitish fabrikasida texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda FM tuzilmalari va FVDT quyi tizimining harakati” mavzusida tashkil etilgan maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotida Mudofaa vazirligi o‘ta muhim ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligi harbiy qismi, MBF rahbariyati va fuqaro muhofazasi (FM) tuzilmasi, Fuqaro muhofazasi otryadi, Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, OKMK ob'yektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir ssenariysiga ko‘ra, fabrika hududida yuzaga kelgan zilzila natijasida 1- Maydalash sexida yong‘in kelib chiqadi. Yong‘in o‘chirish xizmati xodimlari yong‘inni bartaraf etishadi. Qutqaruv xizmatlari jabrlanganlarni vayronalar ostidan olib chiqib, evakuasiya qilindi. Tibbiy xodimlar jabrlanganlarga zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishadi.

Ob'yektni va tovar-moddiy boyliklarni qo‘riqlanishini kuchaytirish, ishlab chiqarishdagi vayronalarni tiklash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘riladi.

Tadbir davomida o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha mas'ullar tomonidan muhokamalar o‘tkazildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etildi.

Maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotiga yaxshi bahosi qo‘yildi.

G‘iyos Lapasov,

MBF direktorining qimmatbaho metallarni saqlash va butligi bo‘yicha o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech