"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Hozirgi kunda “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasi asosida kombinat faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy etish, biznes va ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish, yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish, qogʻoz va hujjatlar aylanishini minimallashtirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, 2-Mis boyitish fabrikasi(2-MBF)da ham texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2-MBF Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish xizmati boshligʻi Izzatillo Turgunbayevning maʻlumotiga koʻra, fabrikaning Yanchish va flotatsiyalash boʻlimidagi 1-bosqich tegirmonlariga oʻrnatilgan 4 dona mexanik konveyer tarozilari Germaniyaning ilgʻor texnalogiyasi asosida ishlab chiqarilgan EBW 10-HD elektron konveyer tarozilariga almashtirildi. Bu loyiha nafaqat texnik jihatdan, balki ishlab chiqarish natijalariga ham katta taʻsir koʻrsatmoqda.
Mazkur loyihani amalga oshirishda Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish xodimlari hamda fabrika Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish(TJBTA) xizmati xodimlari oʻz hissalarini qoʻshishdi. Jumladan, TJBTA xizmati nazorat oʻlchov asbobi va avtomatika chilangarlari Aleksandr Aliyev, Burxon Xaydarov va Timur Xudoyberdiyev demontaj va montaj ishlarini bajarishdi. Qolaversa, TJBTA xizmati 1-toifali muhandis dasturchisi Ilhom Tursunboyev TIA portal dasturida dastur yozdi. Nazorat oʻlchov asboblari va avtomatika boʻyicha muhandis sozlovchi Sirojiddin Abdisamatov sozlash ishlarini amalga oshirdi.
Ushbu Elektron tarozilarning afzalliklari mexanik tizimlardan farqli ravishda yuqori darajada oʻlchovlarni bajaradi, bu esa xom ashyo sarfini optimallashtirishga va xatoliklarni kamaytirishga imkon beradi. Mexanik tarozilarning xatoligi 5-6%ni tashkil qilgan boʻlsa elektron tarozilardagi xatolik 0-2%ni tashkil qilishi natijasida yanchish jarayonini nazorat qilish yanada ishonchli boʻladi.
Shuningdek EBW 10-HD tarozilari real vaqt rejimida maʻlumotlarni taqdim etadi, bu esa tezkor qarorlar qabul qilishni osonlashtiradi. Yanchish va flotatsiyalash jarayonlarida vaqt tejaladi va energiya sarfi kamaydi. Agar mexanik tarozilarga sozlamasi uchun ishchilar koʻp vaqt sarflagan boʻlsa, yangi elektron tarozilarga xizmat koʻrsatish vaqti kamaydi va osonlashdi. Elektron tizimlar xavfsizlik standartlariga mos keladi va xodimlarni himoya qiladi.
Bu loyiha dunyoning ilgʻor texnologiyalarini Oʻzbekiston sanoatiga joriy etishga yorqin misol boʻldi. Ushbu modernizatsiya loyihasi 2-Mis boyitish fabrikasining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xalqaro standartlarga mos kelishi uchun muhim qadamdir.
Axborot xizmati