• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Faoliyat samaradorligini oshiramiz

20 Iyul 2023, 9:59 1628

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatining 2023-yil 1-yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kombinat xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti, Ayollar kengashi raisi Feruza Hamidova raislik qilgan yig‘ilishda OKMK tarkibiy bo‘linmalari boshlang‘ich xotin-qizlar tashkilotlari raislari ishtirok etishdi.

Tadbirda birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Bugungi kunda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 8043 nafar xotin-qizlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shulardan:

Ulardan 1 nafari deputat, 2000 nafarga yaqini oliy ma'lumotli, 4615 nafari o‘rta-maxsus, 1420 nafari o‘rta ma'lumotli xotin-qizlarni tashkil etadi.

Joriy yilning fevral-iyun oylarida OKMK Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan kombinatning har bir ob'yektida ijtimoiy holati, yoshi, ma'lumoti umumiy xotin-qizlar balansi hamda gender tenglik bo‘yicha statistik ma'lumotlar tahlil qilinib, balans shakllantirildi.

Shuningdek, kombinat ishchilarining 44 nafar oilalariga 538 mln 950 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, shulardan 12 nafarini og‘ir kasallikka uchragan ayollarni tashkil etadi.

Oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan 27 nafar xotin-qizlarning shartnoma to‘lovi uchun jami 396 049 390 so‘m mablag‘ kombinat hisobidan amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi 322-sonli qaror asosida kombinatda turli vazifalarda faoliyat olib borayotgan 43 nafar xotin-qizlar tavsiyanoma olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bundan tashqari, “Bolajon” bog‘ida faoliyat yuritayotgan, bayram va turli tadbirlar, hasharlar, obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan ijtimoiy-himoyaga muhtoj, ehtiyojmand xotin-qizlardan iborat 25 nafar ishchi-xodimlar “Moviy tog‘lar” dam olish maskaniga dam olish uchun yuborildi.

Mis boyitish fabrikasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Mis eritish zavodidagi xotin-qizlardan iborat ishchi-xodimlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.

Ma'lumki, 2023-yil 1-yanvardan kombinat bog‘chalariga ishchi-xodimlar farzandlarini onlayn navbatga qo‘yish orqali yo‘llanmalar ajratilyapti.

Oflayn tizimdan onlayn tizimga o‘tish jarayonida yuzaga kelgan tushunmovchilik va xotin-qizlarning murojaatlarini OKMK Ayollar kengashi tomonidan adolatli hal etish choralari ko‘rildi va bu jarayon davom etmoqda.

OKMK boshqaruvi raisining 2023-yil 30-iyundagi “Olmaliq KMK” AJda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raislarini qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi buyrug‘iga muvofiq, mehnat jamoasining umumiy ayollar soniga qarab, boshlang‘ich tashkiloti raisining har oydagi faoliyati moddiy rag‘batlantirilib boriladi. Bunda korxona boshlang‘ich tashkiloti raisining har oydagi ish samaradorligiga qarab qo‘shimcha haq to‘lanadi. 

OKMK boshlang‘ich xotin-qizlar tashkilotining 1-yarim yillik davrida berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan Qalmoqqir KB, Angren KB, Chodak KB, Xondiza KB, Uch-quloch koni, Kovuldi koni, Shaxtaqurilish boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, STTB, TTB, MTMZ, Olmaliqmetallurgqurilish tresti, ITIB, IHQX, IMIChB, Yoshlik koni, IEM, ETB, Ohak zavodi, Axborot xizmati, MAL, Suv ta'minoti sexi, PMZ, TNX, O‘quv markazi, MTTB, UJFTB, LIB, KQB, TTXB, IChAB, Texno Markaz, Markaziy Metrologiya laboratoriyasi , Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi, Fuqaro muhofazasi otryadi kabi bo‘linmalarning faoliyatlari qoniqarli bo‘lib, topshiriqlar ijrosi o‘z muddatida bajarilmoqda.

Shuningdek, Qalmoqqir KB, MTMZ, MEZ, MBF, Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Xondiza KB boshlang‘ich tashkiloti raislari o‘z tashabbuslari bilan xotin-qizlar o‘rtasida turli targ‘ibot tadbirlarini olib borishmoqda.

Yig‘ilishda OKMK Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining 1-yarim yillik faoliyati qoniqarli deb topildi.

Shuningdek, yig‘ilishda ko‘rilgan boshqa masalalar bo‘yicha ham tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kamola Umaraliyeva,

OKMK Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti, Ayollar kengashi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech