"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida muntazam ravishda profilaktika tadbirlari va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 21-may kuni Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining (STTB) 4-sonli temiryo‘l sexi hududida “Temiryo‘l yog‘och shpallari saqlanadigan ochiq omborda ehtiyotsizlik natijasida yong‘in chiqishi va buning oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish” mavzusida taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda qutqaruv tuzilmalarining shayligi sinovdan o‘tkazildi.
Tadbirda OKMK obyektlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limi 51-sonli harbiylashgan yong‘indan qutqaruv qismi boshlig‘i o‘rinbosari A.Sobirjonov, Fuqaro muhofazasi otryadi komandiri Q.Dushanov, STTB boshlig‘ining tovar-moddiy boyliklari butligini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari M.Madmarov, STTBning sanoat xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandisi Sh.Nomozov hamda korxonaning ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, temiryo‘l yog‘och shpallari saqlanadigan ochiq omborda ehtiyotsizlik natijasida yong‘in kelib chiqadi. Yuzaga kelgan yong‘in zudlik bilan bartaraf etilib, jabrlanganlar voqea joyidan evakuatsiya qilindi va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Mas’ullar tadbir ishtirokchilariga favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda ularga amal qilish to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga shaxsiy xavfsizlik qoidalariga har qanday vaziyatda rioya etishlari lozimligi eslatildi.
Yakunda mas’ullar tomonidan taktik o‘quv mashg‘ulotiga “yaxshi” baho berildi.
Z. Ataxonov,
STTB fuqaro mudofaаsi, yong'in xavfsizligi va favqulodda holatlar bo'yicha muhandis