• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Faxriylar baliq tutish musobaqasida

19 May 2022, 10:8 1523

O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tashabbusi bilan baliq tutish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy KMK” AJ va "O‘zmetkombinat" AJ qoshidagi faxriylar Kengashida tashkil etilgan "Baliqchilik" klubi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada 10 nafar ishtirokchilardan iborat bo‘lgan jamoalar qatnashishdi.

“Golden FISH” baliqchilik xo‘jaligida tashkil etilgan musobaqada faxriy baliqchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratib berildi. Qiziqarli o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, Navoiy kon metallurgiya kombinati faxriylar Kengashi a'zolari birinchi, "O‘zmetkombinat" AJ faxriylar Kengashi ishtirokchilari ikkinchi, Olmaliq kon -metallurgiya kombinati faxriylar Kengashi jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib va sovrindorlarga baliqchilik ko‘lida dam olish uchun sertifikatlar, kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

OKMK Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi mehnat faxriysi Viktor Soy esa "Eng mohir baliqchi" nominasiyasi bo‘yicha ham taqdirlandi.

Tohir Mavlonov,

“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ Faxriylar Kengashining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha konsultanti

Bo`lishmoq:
Text to speech