• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Finlyandiya va Vengriya davlatlari elchilari kombinatga tashrif buyurishdi

24 Aprel 2024, 8:53 400

Dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biriga aylanib borayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘plab davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida ko‘plab yuqori martabali mehmonlar OKMKga tashrif buyurishmoqda. Joriy yilning 19-aprel kuni Finlyandiyaning O‘zbekistondagi favqulloda va muxtor elchisi Ilkka Ryaysanenning kombinatga tashrifi ham hamkorlik aloqalarini yanada rivojlanib borayotganligini bildiradi.

OKMK rahbariyati va yuqori martabali mehmon o‘rtasda o‘tkazilgan uchrashuvda kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, kombinatda amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etiladigan yangi metallurgiya kompleksida Flash Smelting-Flash Converting texnologiyasi qo‘llaniladi. Flash Smelting – Flash Converting” texnologiyasi litsenziari Finlyandiyaning “Metso” kompaniyasi hisoblanib, yangi metallurgiya kompleksini qurish bo‘yicha bazaviy injiniring ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Finlyandiya elchisi MTTU MISiS Olmaliq filiali faoliyati bilan ham tanishdi.

Joriy yilning 23-aprel kuni esa Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja boshchiligidagi delegatsiya kombinatga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida Ipotekabank OTP Group xalqaro kompaniyalar bilan ishlash bo‘yicha direksiyasi direktori Shandor Reti hamda Ipotekabank OTP Group korporativ biznes boshlig‘i Xilola Abdullayeva ham bo‘lib, OKMK rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida kelgusidagi o‘zaro manfaatli aloqalar muhokama etildi.

Mehmonlar Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari hamda 3-Mis boyitish fabrikalarida ham bo‘lishib, texnologik jarayonlar bilan tanishdilar. Ayniqsa, kombinat tarixi muzeyi ularda katta taassurot qoldirdi.

Ma'lumot uchun: Ipotekabank OTP Group banki Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga xizmat ko‘rsatadi. Vengriyaning eng yirik banklaridan biri — OTP Bank ayni paytda Ipoteka bankka egalik qiladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech