• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK xalqaro reyting agentligi tomonidan yana bir bor e'tirof etildi

09 Iyul 2024, 16:58 956

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining uzoq muddatli kredit reyting ko‘rsatkichini “BB-” BARQAROR darajasida tasdiqladi

“Fitch Ratings” agentligi tomonidan OKMKning kreditga layoqatlilik xususiyatlari “b+” darajasida baholandi.

AQShning “Fitch Ratings” agentligi dunyoda katta uchlikka kiruvchi reyting kompaniyasi bo‘lib, ushbu reyting OKMKning investision jozibadorligini oshiradi. Har qanday xorijiy yirik tijorat bank va moliya tashkilotlari ushbu reytingga alohida e'tibor beradi. Mazkur reyting agentligi tomonidan kombinatning e'tirof etilishi, OKMKning barqaror faoliyat yurituvchi yirik metallurgiya korxonasi ekanligini isbotlaydi.

Dunyoning yetakchi eksperti bo‘lgan “Fitch Ratings” agentligi tomonidan OKMKni xalqaro darajada yana bir bor e'tirof etilishi dunyodagi eng yirik megaloyiha - “Yoshlik I konini o‘zlashtirish” loyihasining amalga oshirilayotganligi, investitsiyaviy jozibadorligini yuqoriligini va korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etilishi natijasidir.

Ma'lumot uchun: 2021 yilda OKMK dunyoda kuchli uchlikka kiruvchi yetakchi reyting agentligi sanalgan “S&P Global Ratings” tomonidan kredit reytingida “B+” darajasi hamda “Barqaror” bashorati bilan taqdirlangan edi.

Shuningdek, 2022-yilda ham “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan OKMKga “BB-” BARQAROR reytingi berilgan edi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech