Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi OKMKda boʻldi

23 Oktyabr 2025, 16:14 629

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. Siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy yo‘nalishlardagi o‘zaro munosabatlar ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlab, sanoat, energetika va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishiga keng yo‘l ochyapti. Ayniqsa, ishlab chiqarish tarmoqlarida fransuz texnologiyalari va tajribasining joriy etilishi mamlakatimiz sanoat salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Shu maqsadda, joriy yilning 22-oktyabr kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk OKMKga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida kombinat boshqaruv raisi Abdulla Xursanov korxonada olib borilayotgan modernizatsiya jarayonlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha kelgusi rejalarga to‘xtalar ekan, fransuz kompaniyalari bilan zamonaviy texnologiyalarni qo’llagan holda, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot o’rnida: Davlatimiz rahbarining joriy yilning mart oyidagi Fransiya Respublikasiga tashrifi davomida ikki davlat o’rtasidagi Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya, hamda hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bitimlarning salmoqli to‘plami tasdiqlangan edi. Shu bilan birga Prezidentimiz Fransiyaning yetakchi kompaniya, bank va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbatida ishtirok etib, Umumiy qiymati 6,5 milliard yevro bo‘lgan aniq kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalarida hamkorlik dasturini ham qabul qildi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fukning OKMKga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi manfaatli aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech