• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Futbol maktabidan futbol akademiyasi sari

17 May 2024, 16:46 600

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning futbolni rivojlantirishga oid imzolagan bir qancha qarorlariga muvofiq Respublikamiz hududlarida futbol akademiyalarni tashkil etish belgilab qo'yilgan.

Shu munosabat bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham futbolga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayni damda OKMK PFKda futbol maktabidan futbol akademiyasiga bosqichma-bosqich oʻtish ishlari jadal olib borilmoqda. Buning yaqqol namunasi sifatida sunʼiy qoplamali va tabiiy maydonchalarni yosh futbolchilarga foydalanish maqsadida tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda OKMK PFK prezidenti Abdulla Xursanov, OKMK PFK bosh direktori Bahodir Mirzayev, oʻzbek futboli afsonasi va OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda futbol akademiyasiga Ukrainadan olib kelingan mutaxassis, ya'ni, bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish dasturi rahbari  Denis Xomutov, nuroniy va futbol faxriylari ishtirok etib, boshlanayotgan xayrli ishga tamal toshini qoʻyishdi.

Ma’lumot uchun: Ushbu sun'iy maydon o‘lchamlari 52x32 metrni tashkil etadi. Bu kichik arenada 6-10 yoshli bolalar mashg’ulotlar olib borishadi.

OKMK PFK bolalar-o‘smirlar futbol maktabida shu kungacha 500 nafardan ziyod yosh bolalar shug’illanib kelishayotgandi. 2024-yilning sentabr oyiga kelib bu ko‘rsatgich 1000 nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan. Boisi shu kunlarda 105x68 o‘lhamli bitta su’niy va yana bitta tabiiy chimli maydon foydalanishga topshiriladi va qo‘shimcha tabiyalanuvchilar qabul qilish imkoniyati yuzaga keladi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining hayrixohligi natijasida, Olmaliqdagi “Bahor” mehmonxonasi akademiya tarbiyalanuvchilari uchun ajratildi. Yaqin ikki oy ichida “Bahor” mehmonxonasi qayta rekonstruksiya qilinib, qayta jihozlangan holda 120 nafar akademiya tarbiyalanuvcilari uchun sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, 6-12 yoshli bolalar uchun kichik hajmdagi qo‘shimcha yana ikkita mashg‘ulot maydonini  foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, mamlakatimizda har yili an’anaviy tarzda may oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Quvonarlisi, aynan ushbu bayram arafasi oldidan nafaqat kombinat mehnatkashlari, balki, butun Olmaliq ahli uchun bu bolalar maydonchalari yosh sportchilarga ajoyib tuhfa bo'ldi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, Olmaliq shahrining qo‘shni hududlari bo‘lmish Ohangaron shahri va tumani, Bo‘ka, Piskent tumanlari va Angren va Nurafshon shaharlarida hamda Qiziltog'da ham akademiyaning filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu borada Toshkent viloyati hokimligining Sport boshqarmasi bilan kelishuvga erishilgan.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “OKMK” Professional futbol klubi akademiyasi o‘zining birinchi musobaqasini o‘tkazadi. Ushbu musobaqada Toshkent viloyatining barcha bolalar futbol jamoalari ishtirok etadi. Aynan ushbu turning akademiyaning dastlabki yangi tarbiyalanuvchilari uchun seleksiya vazifasini bajaradi.

Akademiya maqomiga o‘tgani munosabati bilan endilikda OKMK futbol klubi tarbiyalanuvchilari Xalqaro musobaqalarda, O‘zbekistonning har bir hududida o‘tkaziladigan turnirlarda muntazam ishtirok etishadi.

OKMK professional futbol klubi Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech