• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Geologiya fanlari universitetida Saksoniya federal yeri oliygohlari ofisi ochildi

21 Noyabr 2023, 8:28 552

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Germaniya ikki tomonlama hamkorligi yangi surʼatlarga ega boʻldi. Ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi qizgʻin siyosiy muloqotlar shundan dalolat beradi. Malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash koʻp qirrali Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligini rivojlantirishning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Geologiya fanlari universitetida Germaniyaning Saksoniya federal yeri oliygohlarining O‘zbekistondagi ofisi ochilishiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A’zam Kadirxodjayev, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi doktor Tilo Klinner, Saksoniya federal yeri Fan, madaniyat va turizm vaziri Sebastyan Gemkov, Geologiya fanlari universiteti rektori Maqsud Isoqov, Frayberg konchilik akademiyasi rektori, professor Klaus-Diter Barbnext, boshqa mutaxassislar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Ofisning asosiy maqsad va yo‘nalishlari tog‘-kon, geologiya, mashinasozlik, materialshunoslik, geoekologiya, iqtisodiyot va biznesni boshqarish sohalarida mutaxassislar tayyorlashda o‘zaro hamkorlik, talabalar almashinuvini kengaytirish, Saksoniyada o‘qishni rejalashtirayotgan yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, O‘zbekistonda tayyorlov kurslarini tashkil qilishdan iborat.

Mazkur tadirda "Olmaliq KMK" AJ O‘quv markazining kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i S.Turaboyev va yetakchi muhandisi U.Igamberdiyevlar ham ishtirok etishdi.

Tadbirda Germaniya davlati vakillari “Olmaliq KMK” AJda oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etishdi.

Ma’lumot uchun OKMK va Germaniya davlatining bir qator kompaniylari, Frayberg konchilik akademiyasi bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech