• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Geologiya sohasida hamkorlik muhokama etildi

15 Mart 2024, 9:43 637

Joriy yilning 13 mart kuni Geologiya fanlari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Leyla Sharafutdinova, marketing bo‘limi boshlig‘i Husan Muqimov, dekan Bahrom Urunovlar OKMKga tashrif buyurishdi.

OKMK O‘quv markazi rahbari Doniyor Karimov, kombinat bosh geologi Iskandar Avladov va mehmonlar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

Jumladan, uchrashuvda oliygoh talabalarining kombinat tarkibiy bo‘linmalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotii o‘tash imkoniyatlari, amaliyot o‘taydigan talabalarni saralash mezonlari, talabalarni kombinatga ishga qabul qilish imkoniyatlari, kombinat geologlari uchun qisqa muddatli kurslarni tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbir davomida hozirgi kunda gidrogeologiya, minerologiya i petrografiya sohalari bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligi bildirildi.

Uchrashuvda kelgusida geologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashni yaxshilash bo‘yicha bir qatori chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ikki tomonalama o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yishga qaror qilindi.

Ulug‘bek Igamberdiyev,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech