• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Germaniya davlatining Federal moliya vazirligi vakillari OKMKda

11 Oktyabr 2023, 8:52 718

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Germaniya davlatining bir qator kompaniyalari o‘rtasida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari o‘rnatib kelinmoqda.

Masalan, Chirchiq shahrida kombinat va Falk-Porsche-Technik GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda “Deutsche IT-AGMK” qo‘shma korxonasi tashkil etilgan. Bundan tashqari, kombinat va Germaniyaning Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi hamda “GP Gunter Papenburg AG” konserni o‘rtasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, joriy yilning may oyida OKMK va Germaniya kompaniyalari o‘rtasida qiymati 1,4 mlrd  yevrodan ziyod shartnomalar imzolanganini alohida qayd etish lozim. Bundan tashqari, “KfW-IPEX Bank” nemis banki bilan sentyabr oyida yangi Mis eritish kompleksining qurilishini moliyalashni tashkillashtirish bo‘yicha 2,55 mlrd dollarlik mandat imzolandi.

Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida jori yilning 10-oktyabr kuni Germaniya davlatining Federal moliya vazirligi vakillari kombinatga tashrif buyurishdi.

Dastlab, mehmonlar Olmaliq hududi tarixini o‘zida aks etgan “Suyurlitepa yodgorligi” ko‘rgazmasi hamda kombinat muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida OKMK faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik orqali mehmonlar kombinat haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishdi.

Kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan Qalmoqqir koni mehmonlarning navbatdagi manzili bo‘ldi.

Andreas Kerst – Germaniya davlatining Federal moliya vazirligi davlat aktivlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i: Bugun biz kombinat faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Tashrifimizdan asosiy ko‘zlangan maqsad ham yirik sanoat korxonasi bo‘lgan OKMK bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.  Kombinat mahsulotlariga Yevropada talab yuqori. Kombinat va Germaniya davlati kompaniyalari bilan ham ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlik qilinayotganligiga guvoh bo‘ldik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan o‘zaro tajriba almashayapmiz. O‘ylaymanki bu yo‘anlishda kombinat bilan ham hamkorlik qilamiz.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech