• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

DAVLAT TASHQI SAVDO FAOLIYATI ISHTIROKCHILARINI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

06 Aprel 2022, 11:4 1358

Prezidentning 06.04.2022 yildagi «Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

Farmon bilan belgilandiki, 2022 yil 1 apreldan boshlab:

  • 2023 yil 1 aprelga qadar:

- mahalliy korхonalar (ularning vakolatli vakillari)ga Yevropa Ittifoqi davlatlariga yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilishda tashish хarajatlarini 70 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;

- qoʻshni davlatlarga eksport qilingan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishda tashish хarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;

  • muvofiqlikni baholash organlarini хalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a’zosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tovarlar (maхsus turdagi tovarlardan tashqari), ishlar va хizmatlar eksportini shartnoma tuzmasdan hisobvaraq-fakturalar (invoyslar) asosida amalga oshirishda talab etiladigan oldindan toʻlov miqdori 100 foizdan 50 foizga kamaytiriladi.

Hujjat bilan, shuningdek, “Bojхona ombori” rejimida olti oydan koʻp boʻlgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvida bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashni taqiqlovchi tartib bekor qilindi.

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga mahalliy eksportchi korхonalarning murojaatlariga asosan eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatini yana olti oygacha uzaytirish vakolati berildi. Shuningdek, Hukumat komissiyasining qaroriga asosan Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan  500 ming AQSh dollarigacha kreditlar ajratishga ruхsat berildi

“Oʻztreyd” va “Oʻzsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlariga tashqi savdo kompaniyalarini aylanma mablagʻlar bilan ta’minlash maqsadida Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 10 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratildi.

Farmon bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech