"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Navro‘z ayyomi munosabati bilan Markaziy apparat ayollari o‘rtasida nafislik va ijodkorlik tanlovi tashkil etildi.
Markaziy apparat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Gullar sho‘xligi” deb nomlangan ko‘rik-tanlovda ishchi-xodim ayollar o‘zlarining nafaqat kasbiy mahoratlarini, balki yuksak did va mahoratlarini ham namoyish etdilar.
Tanlov ishtirokchilari bahor elchilari bo‘lmish gullar obrazini gavdalantirish uchun 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
“Gullar tarannumi”, deya nomlangan shartda ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan yaratgan, gullarning nafis ko‘rinishini aks ettiruvchi liboslarini namoyish etib, ularning ma’no-mazmunini ta’riflab berdilar.
Zehn sinovi shartida ishtirokchilarning intellektual salohiyati va bilimlari test savollari orqali imtihon qilindi.
Ijod namunasi shartida esa qo‘l mehnati yordamida turli materiallardan yasalgan betakror gul shakllari hakamlar e’tiboriga havola etildi.
Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, Texnologiya departamentining EHM operatori Regina Axmedova g‘olib sifatida e’tirof etildi.
Ofis menejer xizmati vakilasi Oksana Alisherova ikkinchi o‘rinni egalladi.
Yelena Matveyeva (Texnik nazorat xizmati) va Malika Isakjanova (Standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘limi) uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Nazorat va axborot-tahlil ishlar bo‘limi vakilasi Asal Dosova “Tomoshabinlar olqishiga sazovor ishtirokchi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Xanifa Bazarkulova,
Texnik nazorat xizmati xotin-qizlar va
gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raisi