Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Hamjihatlikda kurashsak korrupsiyani yo‘qotamiz

06 Mart 2025, 14:15 1531

Munosabat

“Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak".

Shavkat Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma‘lumki joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilandi.

- Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Umuman, ilk marotaba bunday yuksak minbarda va eng muhimi tanqidiy ruhda, keng miqiyosda shaxsan davlat rahbari darajasida yig‘ilish o‘tkazilishi davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ortga qaytmas siyosiy irodasini namoyish qildi deb oylayman. Davlatimiz rahbari korrupsiya illatini bartaraf etishga qaratilgan 55 ta aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Ular doirasida joriy yilda 5 ta alohida qonunlar, 12 ta farmon va qarorlar ishlab chiqiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda Parlament, Milliy va hududiy kengashlar, fuqarolik jamiyati institutlarining roli sezilarli tarzda oshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kuchaytiriladi. Chunonchi, davlat xizmatchilarining mol-mulklari, aktivlarini deklaratsiyalash tizimi, noqonuniy boylik orttirishga oid yangi tartiblar kiritilishi natijasida korrupsiya omillari keskin cheklanishiga erishiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlaridagi ichki nazorat tuzilmalarining vakolatlari esa kengaytiriladi va kuchaytiriladigan boʻldi.

Maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazirlik, idoralar va davlat tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy va siyosiy masʼuliyati ham oshiriladi.

Davlat xizmatlari darajasi va sifatini aholi tomonidan baholanadigan tizim joriy qilinadi, eng yomon ko‘rsatkichni qayd etgan ega soha rahbarlariga nisbatan esa taʼsirchan choralar ko‘riladi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining mustaqilligi oshiriladi, vakolatlari kuchaytiriladi.

Yirik investitsiya loyihalarida, auksionlarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali va taʼsirchan huquqiy mexanizmlar joriy etiladi.

Davlat xaridlarini tartibga solish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar soni va hajmini karrasiga cheklash hisobiga byudjet mablag‘lari tejalishi taʼminlanadi.

Xalq pulini maqsadsiz sarflash holatlariga barham beriladi.

Sektorlardan ozod bo‘lgan (Prokuror, Ichki ishlar, Soliq xizmatlari) kuch va vositalar jinoyatchilikka qarshi kurashishga safarbar etiladi, pirovardida jamiyatda barqarorlik muhiti va odamlarning roziligi ortadi.

Noqonuniy tekshiruvlar ustidan prokuror nazorati kuchaytirilishi orqali joylarda biznes va investitsiya muhiti yaxshilanadi.

Kelgusida, erishilgan natijalar asosida xalqaro reytinglarda O‘zbekistonni o‘rni yanada yuqori natijalar qayd qilinadi va o’rni sezilarli tarzda yaxshilanadi.

Eng asosiysi odamlarning respublikada amalga oshirilayotgan keng miqiyosdagi islohotlarga, davlatga ishonchi ortadi.

2027-yilda UNCAC konferensiyasi mezbonligiga O‘zbekiston nomzodini maʼqullash uchun zamin hozirlanadi.

Eng muhimi aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi yuksaltirilib, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlariga daxldorlik hissi shakllantiriladi.

Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalarni ijrosi bo‘yicha "Olmaliq KMK" AJda ham bir qator ishlarni amalga oshirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

Shuhrat Joʻrayev,

Komplayens xizmati boshligʻi v.v.b.

Bo`lishmoq:
Text to speech