• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Har bir muammoning yechimi bor

13 Sentyabr 2022, 13:33 1329

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022 yil 21 iyuldagi 872-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida ishchi guruh a'zolari tomonidan Texnik xavfsizlik tizimi xizmati hamda Markaziy metrologiya laboratoriyasi ishchi-xodimlari o‘rtasidagi ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy muhit va yoshlar muammolarini o‘rganish hamda ularni tizimli ravishda hal etish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida quyidagilar aniqlandi:

Jumladan, Texnik xavfsizlik xizmati ishchi-xodimlari soni jami 87 nafar, shulardan 41 nafarini yoshlar tashkil etadi. Xizmat ma'muriy binosida ishchi-xodimlar va bo‘linmalar uchun alohida xizmat xonalari ajratilgan. Ma'muriy binoda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash maqsadida bino hududidagi lozunglar, bannerlar va peshtaxta e'lonlari davlat tilida, ya'ni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etilgan.

Mavjud yo‘riqnomalar to‘laqonli o‘zbek tiliga o‘girilmagan. Korxona yoshlari bilan olib borilgan muloqotlar davomida yoshlar tomonidan hech qanday muammo va shikoyatlar aniqlanmadi.

O‘rganish davomida yoshlar tomonidan kelgusida korxonaning alohida ma'muriy binosi bo‘lishi va u yerda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun alohida kutubxona, zamonaviy oshxona va sport zali uchun sharoit yaratish bo‘yicha alohida takliflar bildirildi.

Monitoring va transport bo‘limi uchun ajratilgan ish taqsimlash xonasida 20 nafar ishchi-xodimlar kunlik yo‘l-yo‘riqdan o‘tkaziladi. Biroq, ushbu xonada ish jarayonida foydalaniladigan maxsus jihozlar ham saqlanmoqda. Mazkur bo‘limning ish taqsimlash bo‘yicha muhandis-texnik xodimi tomonidan maxsus jihozlarni saqlash uchun alohida xona ajratish lozimligi taklifi bildirildi. Ma'muriy binoda ma'naviyat burchagi tashkil etilmagan.

Videokuzatuv guruhi faoliyati o‘rganilganda, ular uchun ajratilgan xona ta'mirtalab ahvolda ekanligi, ushbu xonani ta'mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish taklifi bildirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Markaziy metrologiya xizmati

Markaziy metrologiya xizmatida ishchi-xodimlari soni jami 16 nafar, shulardan 8 nafarini yoshlar tashkil etadi. Xizmatda ishchi-xodimlar uchun yetarli ish-sharoitlari tashkil etilgan.

Yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda yoshlar tomonidan kelgusida laboratoriya jihozlari va namunalarini o‘z vaqtida va sifatli manzillariga yetkazish maqsadida transport masalasida muammolar bo‘layotganligini, kelgusida ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida amaliy yordam berish bo‘yicha taklif bildirildi.

Xizmatning Chirchiq shahridagi bo‘linma boshlig‘i bilan olib borilgan muloqot davomida mazkur bo‘linmada faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun yetarli miqdorda xonalar ajratilmaganligi ma'lum bo‘ldi.

Ushbu masala bo‘yicha ham mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

OKMK tarkibiy bo‘linmalarida o‘rganish ishlari davom etadi.

 A.Kamilov,

OKMK boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech