Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK tarkibiy bo‘linmalarida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bois, yuqori mehnat samaradorligiga erishilmoqda.
Jumladan, 2020 yilning 28 oktyabrida axborot tizimi xizmatlariga so‘rovlarni boshqarish tizimi (HelpDesk) joriy etildi.
Mazkur tizim OKMK Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
AT xizmatlariga so‘rovlarni boshqarish tizimi (HelpDesk) - foydalanuvchilarning kompyuterlar, apparat va dasturiy ta'minot bilan bog‘liq muammolarini hal qilish, texnik yordam ko‘rsatish uchun elektron so‘rovlarni qabul qilish va monitoring qilish axborot tizimi hisoblanadi.
Tizimning maqsadi, so‘rovlar uchun yagona kirish nuqtasini tashkil etish, tizimdan majburiy foydalanish orqali so‘rovlarni qayta ishlash va bajarish samaradorligini oshirish. Shu jumladan, korporativ ma'lumotlar tarmog‘iga kirish imkoniga ega bo‘lgan har qanday ishlaydigan shaxsiy kompyuterdan so‘rov yuborish imkoniyati, bajaruvchi tomonidan so‘rovlarni bajarish jarayonining shaffofligini ta'minlash, so‘rovlarni ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarini monitoring qilish va kuzatish, foydalanuvchilarni so‘rov holati o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish imkoniyatlari bor.
Shuningdek, qayta aloqa mexanizmi va ish faoliyatini baholash tizimi orqali taqdim etilayotgan AT xizmatlari sifatini oshirish, har bir ijrochi va operatorning so‘rovlarni qayta ishlash samaradorligini kuzatish, ishlarning bajarilishi ketma-ketligini, resurslar va vaqt sarfini nazorat qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, ijrochilar o‘rtasida ishni optimal taqsimlash, kiruvchi so‘rovlar va tahlillarni tizimlashtirish, odatiy «muammolar» ni hal qilishning eng yaxshi usullarini topish, so‘rovlarni tahlil qilish asosida bilimlar bazasi va ko‘rsatmalarni shakllantirishda tizim qo‘l keladi.
Qog‘ozsiz ish yuritish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida so‘rovlarni yuborish va ko‘rib chiqishning to‘liq elektron jarayonini ta'minlaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tizim orqali mehnat unumdorligi kuzatilmoqda. Ushbu tizimdan qanday foydalanish haqida quyidagi havolda batafsil ko‘rsatib o‘tilgan:
https://wiki.agmk.uz/_media/helpdesc/rukovodstvo_pol'zovatelya_is_helpdesk.pdf
Ravshan Maksumov,
Axborot texnologiyalari departamenti boshlig‘i