Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 4-5 avgust kunlari Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan hududiy tarmoqlararo viloyat sanoat yarmarkasida 1300dan oshiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2000dan oshiq mahsulotlari bilan qatnashdi.
Ushbu yarmarkada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham 230dan oshiq import qilinadigan, ishlab chiqarilishi o‘zlashtiriladigan mahsulotlar(kimyoviy mahsulotlar, portlatish vositalari va jihozlari, metallprokat, ferroqotishmalar) bilan ishtirok etdi. Shuningdek, yarmarkada mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan 100dan ortiq mahsulotlar(mis va rux mahsulotlari, sement, fosforit mahsulotlari, sulfat kislotasi, nodir metallar va qattiq qotishmali buyumlar) namoyish etildi.
Mazkur yarmarkada OKMK tomonidan mahalliylashtirish va kooperatsiya bo‘yyicha amalga oshirilayotgan ishlar, asosiy faoliyat, kombinatning 2028 yilgacha rivojlanish dasturiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Sanoat yarmarkasining barcha ishtirokchilariga kombinat tomonidan 2030 yilgacha amalga oshiriladigan investisiyaviy loyihalarda, shuningdek, yangi boyitish fabrikalari(3-MBF, 4-MBF) va metallurgiya kompleksi kengayishida zarur bo‘ladigan uskunalar, texnik va texnologik dastgohlarga bo‘lgan talabi taqdimot qilindi.
Tadbirda OKMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni aks ettiruvchi stend namoyish etildi. Va mamlakatimizda ishlab chiqarilishi o‘zlashtiriladigan, import o‘rnini bosuvchi 2500dan oshiq mahsulotlari katologi ham taqdim etildi.
Yarmarka ishtirokchilari va mehmonlar mamlakatimizda yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishishdi.
Jumladan, OKMKda Koreya davlati bilan metallni qayta ishlovchi «AGMK-KOMA-HANKOOK» qo‘shma korxonasi, Germaniya bilan metallni qayta ishlovchi markazlar ishlab chiqaruvchi «AGMK-ABM-ME- SOLUTIONS GP» QK tashkil etilmoqda.
Shuningdek Toshkent shahridagi “Krantas Group” MChJ tomonidan og‘ir yuk ko‘taruvchi (110-220 tonnali) tog‘-kon texnikalarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Alohida ta'kidlash zarurki, hozirda OKMK yordamida Olmaliq shahrida loyiha qiymati 115 mlrd.so‘mlik bo‘lgan “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” korxonasi ajratilgan yer maydonida zaruriy binolarni qurish ishlarini olib bormoqda. Korxonani oktyabr' oyida ishga tushirish rejalashtirilmoqda va kooperatsiya asosida yillik 200 mlrd.so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi va 200 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
“Quyuv-mexanika zavodi” MChJ bilan temiryo‘l transporti uchun 74ta quyuv buyumlarini ishlab chiqarish hamkorlikda o‘zlashtirildi.
Sanoat yarmarkasida OKMK va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘tkazilgan muzokaralar natijasida mahsulotlar xaridi uchun 102,5 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi.
Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 71 mlrd.so‘m bo‘lgan memorandumlar ham imzolandi.
Axborot xizmati