Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun OKMK Sherobod sement zavodida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB xodimi mayor E.Bo‘riyev, Sherobod sement zavodi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati 10-komanda boshlig‘i R.Safarov ham xizmat shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbirda kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan mas'ullar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Xususan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi, huquqbuzarlik va uni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida tushuncha berib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi - o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, uning salbiy oqibatlari, ushbu jinoyat sodir etilishiga olib kelgan sabablar va shart sharoitlar, ularga tayinlanishini mumkin bo‘lgan jazo turlari, 169-moddasi - o‘g‘irlik ya'ni o‘zganing mol mulkini yashirin ravishda talon taroj qilish, o‘g‘irlik sodir etilishiga olib kelgan sharoitlar, o‘g‘irlik uchun jinoiy javobgarlik, jinoiy javobgarlikning salbiy oqibatlari haqida so‘z bordi.
Bundan tashqari 257-moddasi - sanoat sanitariyasi mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etib ishlamaslik jinoyati, uning salbiy oqibatlari jinoyat sodir etilishi yo‘l qo‘yilgan holatlar, jinoyat sodir etilganidan so‘ng uning salbiy holatlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, korxona ishchi-xodimlariga tegishli sohalar bo‘yicha yo‘riqnomalar asosida ishlar bajarilishi kerakligi va qoidabuzarliklar sodir bo‘lganligi holatlarda ichki intizom qoidalarida ko‘rsatilgan choralariga tayanib ish tutilishi ham ta'kidlandi.
S.Toshboboyev,
Sherobod sement zavodi tovar moddiy boyliklarini saqlash va
tartibot masalalari bo‘yicha yetakchi muhandis