"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Jonajon kombinatimizni korrupsiyadan mutlaqo xoli hududga aylantiraylik!” shiori ostidagi tasdiqlangan targ‘ibot tadbirlari rejasiga ko‘ra, navbatdagi tadbir joriy yilning 12-mart kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida tashkil etildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Olmaliq shahri bo‘yicha vakili, hokim maslahatchisi J.Pardayev, Toshkent viloyati IIB OKMKdagi IIB xodimlari podpolkovnik Sh.Xaydarov va podpolkovnik Sh.Ochilov hamda OKMK Komplayens bo‘limi mas’ul xodimi Gulnoza Sabriyevalar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda mas’ullar diniy ekstremizm, turli yot diniy oqimlarning ta’siriga tushib qolmaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
- OKMKda Komplayens bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida samarali va izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2025-yilda Manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish yo‘nalishida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son Qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlari Ro‘yxati” tasdiqlangan bo‘lib, ushbu normativ-huquqiy hujjatga ilk marotaba “Tog‘-kon va metallurgiya sanoati korxona va tashkilotlarining ishchi va xodimlarini ham kiritishga erishildi, deydi G.Sabriyeva. - Prezidentimizning 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-81-son qaroriga muvofiq: 2025-yil yakuni bilan 89 ball to‘plashga erishildi. Kombinatda 2021-yil may oyidan joriy qilingan aksilkorrupsiyaviy tizim, Sertifikatsiya organi tomonidan tashqi auditdan o‘tkazildi hamda ISO 37001:2016 Xalqaro standarti, shuningdek, Oʻz DSt ISO 37001:2019 milliy standartlari qo‘lga kiritildi. PQ-240-son Qaror ijrosi bo‘yicha: 2026-yil yanvar oyida "Olmaliq KMK"AJ Ustavida belgilangan barcha funksiya va vazifalarning korrupsiyaga moyillik darajasi baholashdan o‘tkazildi. Monitoring va nazorat yo‘nalishida: 2025-yil davomida Komplayens xizmati ishtirokida jami – 19 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib Kombinatning 2 (ikki) nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi va 9 (to‘qqiz) nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Hisobot davrida, kombinat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori – 1,121 mlrd (bir milliard bir yuz yigirma bir million) so‘m miqdordagi pul mablag‘lari, aybdor shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda zarar miqdorini to‘liq hajmda undirishga erishildi. Bundan tashqari, hisobot davrida monitoring tadbirlari doirasida samarasiz (maqsadsiz) ishlatilishi oldi olingan mablag‘lar miqdori - 1,180 mlrd (bir milliard bir yuz sakson million) so‘mni tashkil qilgan va ushbu mablag‘lar to‘liq hajmda Kombinat balansiga qaytarilishi ta’minlandi.
Tadbir davomida korrupsiyaning turlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi. Jumladan, maishiy korrupsiya, biznesdagi korrupsiya, siyosiy/elitar korrupsiyaning mazmun-mohiyati, ularning jamiyatga yetkazadigan zararlari tushuntirib o‘tildi. Har qanday korrupsiyaviy jinoyatlarga jazo muqarrarligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlar barcha tarkibiy bo‘linmalarda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tadbirlarda “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish”, “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish”, shuningdek “Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabrdagi O‘zbekiston xalqi va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi” kabi mavzular qamrab olinadi.
Axborot xizmati