Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Yong‘in – bu nazorat qilib bo‘lmaydigan, insonlarning hayotiga xavf soluvchi va ularning mol-mulklariga zarar yetkazadigan hodisa hisoblanadi. Yong‘in deyarli har doim kutilmaganda yuz beradi va katta talafot yetkazadi. Shuning uchun ham yong‘inni o‘chirgandan ko‘ra, uning oldini olish maqsadga muvofiqdir. Bunda profilaktik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasidagi navbatdagi ko‘rgazmali seminar Moddiy texnik ta'minot boshqarmasida tashkil etildi.
Unda Loyiha ishlari va kapital qurilish boshqarmalari, Harbiylashtirilgan Idoraviy qo‘riqlash xizmat kabi tarkibiy bo‘linmalari vakillari ham qatnashdi.
Unda, kombinat obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov, Fuqaro muhofazasi otryadi boshlig‘i K.Dushanov, Olmaliq shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashyev, ishtirok etib, yig‘ilganlarga mavzu yuzasidan atroflicha ma'lumot berdi.
Tadbirda mas'ullar o‘tgan davrda yurtimizda, viloyatda va kombinatda sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida ma'lumot berishib, ularning kelib chiqish sabablari tahlil etishdi.
MTTB bo‘lim va uchastkalarida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda mavzus yuzasidan videorlik namoyish etildi.
Tadbirda yong‘in xavfsizligi texnika uskunalari, qutqaruv jihozlari, o‘t o‘chirish vositalarini ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ishtirokchilar har bir o‘t o‘chirish va qutqaruv vositalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ularni ishlatish tartibi ham ko‘rsatildi.
Maqsud Avazov,
MTTB uchastkasi katta ustasi