• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yadro-geofizika laboratoriyasi – texnologik zanjirda muhim bo‘g‘in

27 Yanvar 2022, 13:12 1397

Bundan 10 yil avval – 2012-yilning 1-fevral kuni OKMK tarkibida yangi tarkibiy bo‘linma tashkil etildi.

Markaziy geofizika va avtomatlashtirish laboratoriyasi hamda Axborot-kommunikatsion texnologiyalari boshqarmasi kabi mehnat jamoalari birlashtirilib, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

Boshqarma tarkibida bugungi kunda texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish xizmati, axborot-texnologiyalari xizmati, normativ-ma'lumotnomalar axborot xizmati hamda aloqa sexi faoliyat yuritib kelmoqda.

Texnoligik jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish xizmati tarkibiga kiruvchi yadro-geofizika laboratoriyasi ham mehnat jamoasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur laboratoriya tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak 1965-yilda mexanizasiya va avtomatlashtirish markaziy laboratoriyasi sifatida alohida tarkibiy bo‘linma sifatida faoliyat boshlagan.

Laboratoriyani tashkil etish g‘oyasi Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish uskunalarining ta'miri bilan bog‘liq. Ularni tekshirishga berish, mis, qo‘rg‘oshin boyitish fabrikalarida avtomatlashtiirilgan tizimni sozlash ishlarini olib borishda nostandart uskunalarini tayyorlash vazifasi sabab laboratoriyaga ehtiyoj tug‘ilgan.

1973-yilda radioizotopli va rentgenospektrli uskunalarga xizmat qiluvchi va ta'mirlash uchun bino qurildi. Va ushbu binoda izotopli laboratoriya tashkil etildi. 1985-yilda esa ushbu laboratoriya mexanizasiya va avtomatlashtirish markaziy laboratoriyasi tarkibidan chiqarilib, alohida Yadro-geofizika laboratoriyasi deya nomlanib, qayta tashkil etildi.

O‘sha paytda kombinatda xom ashyo va boyitish mahsulotlarini tarkibida kimyoviy elementlarni aniqlash uchun rentgenospektral apparatdan keng foydalanish boshlangan edi.

1998-yilda kombinatning ba'zi bo‘linmalari hamda MAML YaGLga qo‘shildi. Shunday qilib yangi tashkilot – Markaziy geofizika avtomatlashtirish laboratoriyasi tashkil etildi. O‘tgan davr mobaynida laboratoriyada o‘z ishining ustalari mehnat qilishdi. Nina Petrova, Nikolay Jukov, Anatoliy Koval'chuk, Eleonora Kim kabilar shular jumlasidan.

Bugungi kunda laboratoriyada laborantlar, laborant-radiometristlar, muhandislar, chilangar-ta'mirchilar, NO‘A va A chilangar va sozlovchilari kabi kasb egalari mehnat qilib kelishmoqda.

YaGL tarkibida uch guruh kiradi. Bular radiasion va tahliliy nazorat guruhi, yadro, geofizik va rentgenospektrial texnika foydalanish guruhi hamda yadro, geofizik va rentgenospektrial texnikalarning ta'mirlash va sozlash guruhlari.

Radiasion va tahliliy nazorat guruhi raioizotop uskunalarga xizmat ko‘rsatadi. Mazkur uskunalari Mis boyitish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Jizzax sement zavodi va Sherobod sement zavodi kabi korxonalarda texnologik jarayonlarni nazorat qilishda foydalaniladi.

Mazkur guruh tarkibida yana kombinat radiasiyaviy xavfsizlik xizmati ham faoliyat yuritib keldi. Ushbu xizmat OKMK tarkibiy bo‘linmalarida radiasiyaviy monitoring ishlarini olib borishadi.

Yadro, geofizik va rentgenospektrial texnika ekspulatasiyasi guruhi Mis eritish zavodining Metallurgiya sexida, oltin va kumushni affinajlash sexida, Qalmoqqir kon boshqarmasida hamda 2-MBFda faoliyat yuritishadi.

Ushbu guruh texnologik mahsulotlardagi kimyoviy elementlarni aniqlash uchun ekspress tahlillar bu yerda amalga oshiriladi. Natijada texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.

Uzoq muddatli kimyoviy tahlildan farqli o‘laroq, ekspress  tahlil bir necha daqiqa ichida amalga oshiriladi. Bu qimmatbaho, rangli va nodir metallar tarkibini aniqlash imkonini beradi. Tahlil natijalari Qalmoqqir koni geologlariga Qalmoqqir konida va Sari-Cho‘qqi kar'erida tog‘  kon ishlari yo‘nalishini aniqlashda yordam beradi.

Yadro, geofizik va rentgenospektrial texnikalarning ta'mirlash va sozlash guruhi esa YaGLning yadroviy, geofizik va rentgen spektral texnikalarini ta'mirlab, xizmat ko‘rsatadi. Asboblarni tekshirish uchun tayyorlash bilan shug‘ullanadi. RST profilaktik tekshiruvlarini o‘tkazadi.

Laboratoriyalarda aniq va tezkor tahlillarni amalga oshirish uchun barcha zarur uskunalari va zamonaviy asboblar mavjud.

Mazkur laboratoriya kombinat texnologik ishlab chiqarish jarayonida o‘z o‘rniga ega.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech