"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK Ma’naviyat va marifat kengashi tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-iyun kuni “Metallurg” madaniyat saroyida ijodiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbir Prezidentimizning 2026-yil 2-iyundagi “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda milliy adabiyotimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
Ma’naviy-ma'rifiy uchrashuvda xalqimizning ardoqli shoirasi, bir qator davlat mukofotlari sohibasi Guljamol Asqarova hamda taniqli ijodkor — “G‘uncha” respublika bolalar adabiy-badiiy bezakli jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi Dilfuza Shomalikova va boshqa ijodkor ayollar ishtirok etishdi.
Kecha davomida shoira Guljamol Asqarova o‘zining Vatan, insoniy tuyg‘ular va hayot falsafasi yo‘g‘rilgan eng sara she’rlaridan namunalar o‘qib berdi. Uning samimiy chiqishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘z navbatida, Dilfuza Shomalikova bugungi kunda yosh avlod tarbiyasi, bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda adabiyotning o‘rni xususida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, “G‘uncha” jurnalining tahririyat hayoti va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuvda kombinatning ishchi-xodimlari shoira ijodidan namunalar o‘qib berishdi.
Tadbir faqat ma’ruzalardan iborat bo‘lmay, jonli muloqot tarzida kechdi. Adabiyot ixlosmandlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ijodkorlarga yuzlanishdi.
Tadbir davomida faol ishtirok etgan bir guruh havaskor ijodkorlarga Guljamol Asqarova o‘z kitoblarini tuhfa qildi. Kecha yakunida OKMK mas’ullari tomonidan mehmonlarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.