"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi davomida MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov o‘rtasida mazkur maktab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida "GeoMetTex" ilg‘or muhandislik maktabini ochish bo‘yicha imzolangan mazkur bitimning taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova, OKMK rahbariyati, kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, mutaxassislari, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida "MAST" ilg‘or muhandislik maktabi ilmiy rahbari I.Ivanov va MISIS Ilg‘or muhandislik maktabi direktori A.Komissarov bitimning asosiy jihatlari bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.
Taqdimot davomida ilg‘or muhandislik maktabining faoliyati, unga qabul va o‘qitish tartibi, sanoat hamkor hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga maktab tomonidan malakali mutaxassislar yetkazib berish masalalari bo‘yicha to‘liq ma'lumot berildi.
Taqdimotdan so‘ng, MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova, OKMK rahbariyati hamda talabalar va o‘qituvchi-professorlar o‘rtasida ochiq muloqot ham tashkil etildi.
Samimiy ruhda o‘tkazilgan muloqot davomida ilg‘or muhandislik maktabi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi sanoat majmuasini, shu jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini yangi bilim va ko‘nikmalarni qo‘llagan holda tarmoqlarni istiqbolli rivojlantirishning strategik vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali muhandis mutaxassislar bilan ta'minlashdan iborat.
Ilg‘or muhandislik maktabida “Kon ishi va boyitish”, “Nodir, noyob, kamyob yer va og‘ir metallar metallurgiyasi”, “Raqamli materialshunoslik va yangi texnologiyalar”, “Texnologik jarayonlarning raqamli transformatsiyasi” kabi asosiy yo‘nalishlar qamrab olinadi.
O‘qitish 2025-yil 1-sentyabrdan "Metallurgiya" ta'lim dasturi bo‘yicha boshlanadi. 2025/2026 o‘quv yilida magistratura talabalari ikkita yo‘nalishni tanlashlari mumkin bo‘ladi: "Foydali qazilmalarni boyitish" va "Texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish." Kelgusida dasturlar ro‘yxati kengaytiriladi.
Axborot xizmati