"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Ilmli ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusidagi haftalik doirasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasi va Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi bilan hamkorlikda haftalik doirasida xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda IOB maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan, ta’lim va fan sohasida izlanayotgan pedagog xodimlarning loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, "Ilk qadam" Davlat dasturi asosida OKMK boshqaruv raisining taklifiga asosan, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasi va Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi hamkorligida yaratilgan "Qadriyat sari ilk qadam" loyihasi ham taqdimot qilindi.
Tadbir davomida "OKMK kids" platformasi yaratilish jarayonlari va izlanishlar, pedagog xodimlarning mualliflik ta’limiy o‘yinlari, maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasining joriy etilishi, ta’limda sun’iy intellekt yuzasidan ilmiy-amaliy tajribalar xususida fikr-mulohzalar almashildi.
Ushbu haftalik doirasida IOB tasarrufidagi fan sohasida izlanishlar olib borayotgan pedagog xodimlar S.Umarova, I.Azizova, O.Kamolova, G.Djurayeva, O.Djaynakova hamda F.Aslxo‘jayevalar o‘zlarining samarali loyihalarini taqdim etishdi.
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda xotin-qizlarning ta’lim olishi va ilm-fan bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk ajdodlarga munosib vorislarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
V. Davletova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi
Kengashining xotin-qizlar masalalari komissiyasi raisi