"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK”AJ Markaziy apparati boʻlinmalari hamda barcha tarkibiy korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish taʻminlandi.
“Olmaliq KMK”AJ tizimida jami 91 ta tarkibiy boʻlinmalar mavjud.
2026-yilning 1-iyun holatiga, Kombinat tizimida jami - 35 195 nafar ishchi xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
“Ernst and Young Advisory” konsalting auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
- “Olmaliq KMK”AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimi (KQKMT) batafsil qayta koʻrib chiqilgan;
- 19 ta ichki lokal hujjatlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan;
- “Olmaliq KMK”AJning tashqi va ichki korrupsiyaviy xavf-xatarlar omillari tahlili oʻtkazilgan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlar tasdiqlangan;
- “Olmaliq KMK”AJning korrupsiyaviy xavf-xatarlari baholanib, Kombinatning birlashtirilgan Umumiy korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi tasdiqlangan;
- “Olmaliq KMK”AJning korrupsiyaviy xavflarga moyilligi yuqori boʻlgan lavozimlari roʻyxati tuzilgan va tasdiqlangan;
“Olmaliq KMK”AJning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi jami hujjatlari soni 2026-yilning 8-iyul holatiga - jami 19 tani tashkil qilmoqda.
“Olmaliq KMK”AJning 2025-yil 4-avgustda yangi tahrirda tasdiqlangan Ustavida belgilangan barcha jami – 66 dona funksiya va vazifalar, ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi baholashdan oʻtkazildi.
Baholash ishlari yakuniga koʻra,
- 2 tasi (3,03%) – Yuqori;
- 14 tasi (21,21%) – Oʻrta;
- 50 tasi (75,75%) – Past, deb eʼtirof etildi.
Kombinat markaziy apparati, hamda tarkibiy korxonalar, zavod, fabrika, sex, kon va ruda boshqarmalari, direksiya, uchastka, laboratoriya va boshqalar kesimida boshqaruv xodimlari, rahbar xodimlar, injener-texnik toifaga mansub xodimlar tomonidan barcha 5447 ta rahbar toifasiga mansub xodimlar tomonidan Manfaatlar toʻqnashuviga oid deklaratsiyalar toʻldirilishi taʼminlandi.
Korrupsiyaga qarshi qoidalarni “Olmaliq KMK”AJning 2026-yil I yarim yilligi davomida imzolangan barcha 3 722 dona shartnomalarga kiritish 100%ga taʻminlangan.
Kombinatning ish beruvchi sifatida xodimlar bilan tuzilgan barcha 975 ta (100%) mehnat shartnomalariga ham Kombinat markaziy apparatidagi Inson resurslari (HR) departamenti tomonidan korrupsiyaga qarshi qoidalar kiritish taʻminlangan.
Kombinatning 65 nafar xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimini samarali ishlashini taʻminlash” mavzusida maxsus oʻquv kurslari tashkil etildi.
Kombinatning 20 nafar rahbar xodimlari uchun ISO 37001:2025 xalqaro standarti” talablari asosidagi oʻquv kursi tashkil etildi.
Hisobot davrida “Olmaliq KMK”AJ tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jami – 75 nafar xodimlari oʻqitilishi taʻminlandi.
“Olmaliq KMK”AJga ishga ilk marotaba qabul qilingan yosh xodimlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimi yuzasidan tizimli ravishda “Welcome Training” dasturi doirasida Kombinat Oʻquv markazi tomonidan oʻquv trening mashgʻulotlarimi oʻtkazish tizimi joriy qilingan.
“Welcome Training” dasturi doirasida, Hisobot davrida – jami 352 nafar yosh xodimlar oqitildi.
Hisobot davrida Komplayens boʻlimi ishtirokida jami – 24 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazildi.
“Olmaliq KMK” AJning korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari:
Telegram – @agmk_bot;
Ishonch telefoni: (+998 71) 619 23 33 yoki (+998 71) 619 51 16;
Elektron pochta manzili: stop.corruption@agmk.uz