"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2026-yil yanvar-iyun oyilari yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:
- amaldagi narxlarda 133,3 foizga bajarildi.
Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 %, affinajli oltin 100,0% va affinajli kumush 100,0 foizni tashkil etdi.
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha 493,4 mln.doll. (148,6 % prognozga nisbatan) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining 2026 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2026-yil uchun Investitsiya dasturiga “Olmaliq KMK” AJ boʻyicha 7 ta yirik loyiha doirasida 293,6 mln dollar mablagʻlarini oʻzlashtirilishi belgilangan, jumladan:
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha 142,8 mln. dollar miqdorida (101,9 % prognozga nisbatan) investitsiyalar oʻzlashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazir oʻrinbosari hukumat komissiyasi topshirigʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2026-yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1511,1 mlrd. soʻmlik 40 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha 35 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 649,8 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 102,1 foizni tashkil etdi.
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 1148,2 mlrd. soʻmni yoki 14,2 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 836,5 mlrd. soʻm yoki 10,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.
Hisobot davrida jami 1004 nafar, jumladan oliy ta’lim bitiruvchilari 361 nafar, kollej bitiruvchilari 560 nafar va ma’lumotsiz 183 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.