• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Innovatsion ratsionalizatorlik takliflari korxona taraqqiyotining garovi

15 Noyabr 2024, 9:28 786

Joriy yilning 14-noyabr kuni Mis eritish zavodida “Energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha eng yaxshi ratsionalizatorlik takliflari” tanlovining zavod bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda OKMK boshqaruv raisining o‘rinbosari – bosh muhandis Sergey Larionov, kombinat mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mazkur tanlovning zavod bosqichida hakamlar hay'atiga 2200dan ortiq ratsionalizatorlik takliflari taqdim etilgan bo‘lib, ular orasidan 20tasi tanlab olindi.

Taklif mualliflari o‘z g‘oyalarini taqdimotini o‘tkazib, himoya qilishdi.

Mutaxassislar tomonidan har bir ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha fikr-mulohzalar bildirilib, kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Tadbirda mas'ullar bu kabi innovatsion g‘oyalar korxonaning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashib, kombinat rahbariyati bu kabi takliflarni hamisha qo‘llab-quvvatlashini bildirishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu