"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 9-11 oktyabr kunlari Yangi Toshkent hududida joylashgan Central Asian Expo ko‘rgazmalar markazida yilning eng yirik ilm-fan, texnologiyalar va startaplar sohasidagi tadbirlardan biri — VIII Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek-2025” bo‘lib oʻtdi.
“Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘zining eng yangi ishlanmalari va texnologiyalari bilan nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar balki Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Fransiya, Hindiston, Eron, Gruziya kabi 30dan ziyod mamlakatlar kompaniyalari ham ishtirok etdi.
Forumning asosiy maydoni — O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazining 15 ming kvadrat metrdan ortiq hududida qariyb 400 ta innovatsion loyiha, startap va ilmiy ishlanmalar qatoridan OKMKning innovatsion mahsulotlari ham joy oldi.
Haftalikning birinchi kunida OKMK mutaxassislari Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi: Ilmiy tadqiqot ishlarini sanoatga joriy etishni qo‘llab quvvatlash mavzusida bo‘lib o‘tgan anjumanda moderator sifatida ishtirok etishdi.
Haftalik doirasida 30 dan ortiq ilmiy-amaliy tadbirlar, jumladan xalqaro forum va milliy uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularning barchasi mamlakatda fan, texnologiya va startap ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan.
Bu yilgi forumning o‘ziga xos jihati — birinchi marotaba o‘tkaziladigan “InnoWomenWeek” ya’ni ayol ixtirochilar uchun innovatsiyalar haftaligi bo‘ldi. Unda ishtirokchilar o‘z g‘oya va loyihalarini taqdim etib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga fan hamda texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xalqaro tadbirning asosiy yo‘nalishlardan biri — venchur fondlar forumi va startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash sessiyalari bo‘lib, unda mutaxassislar innovatsiyalarni moliyalashtirish, yangi gʻoyalarni jahon bozoriga olib chiqish va biznes-modellar ishlab chiqish masalalariga alohida to‘xtalishdi.
Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda 53 ta startap loyihasi 145 million dollar miqdorida investitsiya olgan. Mazkur xalqaro miqyosdagi tadbir dunyoning eng rivojlangan korxonalari o‘rtasida ilmiy va amaliy jihatdan o‘zaro tajriba almashish imkonini berdi.
2018-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “InnoWeek” tadbirining joriy yilgi navbati ham mamlakatimizning innovatsion salohiyatini oshirishga, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga hamda zamonaviy texnologiyalarni barcha sohalarda keng ko‘lamda joriy etilishiga xizmat qildi.
Axborot xizmati