• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Inson qadri uchun tamoyili amalda

25 Noyabr 2022, 8:27 1129

“Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tashabbusi bilan Namangan viloyati Chodak qishlog‘ida “Inson qadri uchun!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

So‘lim “Chodak” qishlog‘ining “Orzu” tantanalar majmuasida tashkil etilgan madaniy-ma'rifiy tadbirda 40 nafardan ziyod Chodak kon boshqarmasi ishchi-xodimlari fidoyi mehnatlari uchun faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbirda “Qahqaha” guruhi a'zolarining ichakuzdi hangomalari barchaga manzur bo‘ldi.

Estrada xonandasi Iroda Olloberganovaning sho‘x-shodon qo‘shiqlari barchani raqsga chorladi.

Bundan tashqari tadbirga taklif etilgan oqila ayollar hamda “Ayollar daftari”ro‘yxatida turuvchi opa-singillarimizdan 20 nafardan ziyodiga OKMK rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alari taqdim etildi.

Bu xayrli tashabbus, e'tibor va g‘amxo‘rlikdan qishloq ahli, ayniqsa ayollar juda minnatdor bo‘ldilar. Oqila ayollar nomidan so‘zga chiqqan Zuhayo Haydarova Chodak aholisini bunday samimiy diydorlashuv behad quvontirganini, yurtimizda inson qadri uchun olib borilayotgan islohotlardan odamlar minnatdor ekanini ta'kidladi.

Shuningdek kombinat mas'ullari bilan birgalikda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Dinara Yakubova Chodak qishlog‘ida OKMK homiyligida tashkil etilgan "Chodak-Ekvatorial" tikuvchilik fabrikasida bo‘lishib, ayollar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdilar. Ushbu tikuvchilik sexida bugungi kunda 200 nafarga yaqin Chodaklik opa-singillarimiz faoliyat yuritishmoqda.

Viloyat xotin-qizlar yetakchisi D.Yakubova mahalliy aholiga qulay sharoit, yangi ish o‘rinlarini yaratishga qo‘shayotgan hissasi uchun OKMK rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Darhaqiqat, OKMK Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda “Inson qadri uchun” shiori ostida olib borilayotgan ezgu ishlarda faol ishtirok etishda davom etaveradi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech