"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisining maslahatchisi Kamola Umaraliyeva hamda Komplayens bo‘limi mas’ul xodimi Gulnoza Sabriyeva Xondiza kon boshqarmasida bo‘lib, korxona ishchi-xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Tadbirning asosiy qismi xotin-qizlar bilan uchrashuvga bag‘ishlandi. Muloqot davomida ayollar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ularning huquq va manfaatlari himoyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday turiga qarshi qonunchilikda belgilangan qat’iy javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi. Kombinat mas’ullari xotin-qizlarning taklif va murojaatlarini doimiy ravishda o‘rganib borishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Shuningdek, ishchi-xodimlarga xizmat ko‘rsatuvchi 5-sonli avtokorxonadagi ijtimoiy sharoitlar ham o‘rganildi. Mas’ullar ishchilar oshxonasida bo‘lib, taom tayyorlanish jarayoni, mahsulotlarning saqlanishi va sanitariya holatini ko‘zdan kechirdilar. Oshxona faoliyati yuzasidan xodimlarning fikrlari tinglanib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati