"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33"Olmaliq KMK" AJ Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan e’lon qilingan “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi doirasida hamda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Texnik nazorat xizmatida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” davra suhbati yillar davomida shakllangan “ustoz-shogird” an’analarining go‘zal namunasiga aylandi. Uchrashuvning bosh qahramonlari sifatida Texnik nazorat xizmatida 40 yildan ortiq fidokorona mehnat qilib, soha rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylarimiz — Barchin Urinbayeva va Yanglish Masaliyeva taklif etildi.
Shuningdek, suhbatda 30 yilga yaqin tajribaga ega, o‘z bilimlarini yoshlarga meros qoldirib kelayotgan mahoratli mutaxassislar — Barno Umaraliyeva va Bo‘stanoy Beknazarovalar ham ishtirok etishdi. Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida faxriylarimiz mehnat faoliyatlaridagi mashaqqatli, ammo sharafli yo‘llari, qiziqarli voqealar va o‘z ustozlaridan o‘rgangan hayot maktablari haqida to‘lqinlanib so‘zlab berdilar.
Mazmunli o‘tgan ushbu uchrashuv yosh mutaxassislar uchun haqiqiy motivatsiya va tajriba maydoni bo‘ldi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan kasbiy va hayotiy savollariga batafsil javob oldilar. Bu kabi tadbirlar avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prikni mustahkamlashga va boy ish tajribasini kelajak avlodga bezavol yetkazishga xizmat qiladi.
X. Bazarkulova,
Texnik nazorat xizmati Xotin-qizlar va gender tenglik
masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi