• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Insonga naf keltirish oliy baxt!

10 Noyabr 2023, 9:58 1101

Bugun ushbu tamoyil asosida mamlakatimizda kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Soha vakillari korxona-tashkilotlarda xodimlarning ijtimoiy mehnat huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha samarali faoliyat yuritib kelishmoqda. Joriy yilning 9-noyabr kuni shahrimizdagi “Go‘zal” tantanalar majmuida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ham ushbu fikrlar bildirldi.

Tadbirda Toshkent viloyati korxona-tashkilotlari kasaba uyushmasi xodimlari hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalari kasaba uyushma qo‘mitalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida so‘z olgan Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi Kengashi raisi Murodjon Nosirov viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning soha vakillariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov ham so‘z olib, bugungi kunda kasaba uyushmalarining jamiyatimizdagi o‘rni, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda katta hissasi borligini ta'kidlab, bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi tomonidan bir guruh faol viloyat korxona-tashkilotlari kasaba uyushmasi vakillari, sektor xodimlari, tadbirkorlar, sportchilar qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari, OKMK boshqaruvi raisining buyrug‘iga ko‘ra, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining 2 nafar xodimi III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan, 7 nafar kasaba uyushmasi xodimlari Faxriy Yorliqlar bilan, 11 nafar xodim esa qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanishdi.

“Metallurg” madaniyat saroyi ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech