"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat xavfsizligini taʼminlashda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Kuni kecha kombinat mutaxassislari uchun tashkil etilgan amaliy seminar aynan shu maqsadga xizmat qildi.
Joriy yilning 19-may kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida «Ishlab chiqarish va shaxtalardagi zamonaviy ventilyatsiya tizimlari» mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishlab chiqarish tarmoqlarida sanoat ventilyatsiyasini modernizatsiya qilish va soha xodimlarining ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.
Seminarda oliygohning «Konchilik ishi» kafedrasi dotsenti, taniqli ekspert Baxtiyor Baratov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. Tadbir davomida OKMK tarkibiy bo‘linmalaridan kelgan 43 nafar muhandis-texnik xodim va mutaxassis o‘z kasbiy bilim hamda malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Seminar davomida ishtirokchilar sanoat ventilyatsiyasi sohasidagi eng so‘nggi texnologiyalar, zamonaviy xavfsizlik standartlari hamda tizimlarning energiya samaradorligini oshirish yo‘llarini atroflicha tahlil qildilar. Shaxta va kon sharoitlarida havo aylanishini to‘g‘ri tashkil etish nafaqat ishchilar xavfsizligini ta’minlashi, balki korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatishi alohida ta’kidlandi.
Seminarning yakuniy qismi an’anaviy ma’ruza formatidan chiqib, jonli muloqot, qizg‘in munozara va o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylandi. Ishlab chiqarish vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ekspertdan batafsil javob oldilar.
Tadbir ishtirokchilarda juda katta taassurot qoldirdi. Muloqot shu qadar samarali bo‘ldiki, kombinat mutaxassislari ilmiy izlanuvchi Baxtiyor Baratovni korxonaning tarkibiy bo‘linmalariga taklif qilishdi. Endilikda hamkorlik va ishlab chiqarishdagi real keyslar (muammoli vaziyatlar) tahlili bevosita ish joylarining o‘zida, amaliy tarzda davom ettiriladigan bo‘ldi.
Ilm-fan va ishlab chiqarishning bunday integratsiyasi korxonaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ulug‘bek Igamberdiyev,
O‘quv markazi yetakchi muhandisi