• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta'siri”

06 May 2024, 10:16 667

Joriy yilning 3-may kuni “Metallurg” MSda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta'siri” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar “Metallurg” MS ijodkorlari tomonidan kuylangan mehnat muhofazasi kuniga bag‘ishlangan qo‘shiq bilan boshlandi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziriligi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Muqaddas Hamraqulova, Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti Ovqatlanish gigiyenasi va laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori professor Anatoliy Xudayberganov, OKMK bosh muhandisi Sergey Larionov, bosh muhandisning MM va SX bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Jo‘rayev, Olmaliq kon-texnika  inspeksiyasi boshlig‘i  Hikmatillo Maysupov, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, MM va XT bo‘yicha mas'ullar ishtirok etishdi.

Seminarda mas'ullar kombinatda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, yuz berayotgan noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ma'lumotlar berishdi.

Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi boshlig‘i Saviya Tagirova boshqarma tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mehnat muhofazasi bolalar nigohida” yo‘nalishi bo‘yicha “Dadajon va oyijon, ishdan uyga sog‘-salomat qayting” mavzusidagi ko‘rik-tanlov to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, mas'ullar “Zararli omillar ta'sirida ishlovchi ishchilarda kasb kasalliklari”, “Zararli va noqulay mehnat sharoitlari ta'siri ostida ishlovchi xodimlar uchun maxsus profilaktik ovqatlanish ahamiyati va uni takomillashtirishga qaratilgan takliflar”, “OKMK korxonalarida sanoat xavfsizligi sohasida nazoratni kuchaytirish” mavzularida ham ma'ruzalar qilishdi.

Seminar davomida OKMK tibbiy sanitar qismi bosh shifokori Abdujabbor To‘xtaboyev tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida umumiy va kasbiy kasallanishlar tahlil qilinib, ularni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari xabardor etildi.

Tadbirda ishtirokchilar hukmiga kombinat tarkibiy bo‘linmalardagi soha mutaxassislari tomonidan tayyorlangan umumiy kasblar, elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha birlamchi va davriy yo‘l-yo‘riqlarni o‘tkazishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar ham namoyish etildi.

Shuningdek, seminar davomida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan bir guruh soha mutaxassislari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari  mudiralari, sana munosabati bilan o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari, sanoat xavfsizligi sohasida avariyalarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarga hissasini qo‘shgan Olmaliq KTI xodimlari Faxriy Yorliqlar, tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, seminar davomida OKMK mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tomonidan maxsus ish kiyimlari hamda shaxsiy himoya vositalari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Iroda Almatova,

OKMK MM va SX bo‘limi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech