Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Shu kunlarda Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Albert Karimov boshchiligidagi delegasiya vakillari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Shu munosabat bilan bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Delegatsiyaning sanoat yo‘nalishidagi rezidentlari tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Tatariston Respublikasining “Tejamkor energoresurslari texnologiyalari” markazi direktori o‘rinbosari Shamil Bayramov, markazi bo‘lim boshlig‘i Dmitriy Radaykin hamda OKMK rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuvda har ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokara davomida mehmonlar e'tiboriga kombinat faoliyati bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, “Tejamkor energoresurslari texnologiyalari” markazi haqida to‘liq ma'lumot taqdimoti o‘tkazildi.
- Markaz vakillarini Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi sexlaridagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirdik. Ularga zavodda konchilik sohasiga ishlab chiqarilayotgan ehtiyot qismlar, ishlab chiqarishda doimiy ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlarni ko‘rsatdik. O‘ylaymanki, ushbu hamkorlik natijasida ishlab chiqarish jarayonida vaqt tejalib, xarajatlarni kamaytirish, mehnat sharoitini yaxshilash, qo‘shimcha investitsiyaviy sarmoyalarsiz texnologik ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirishga erishamiz, - deydi OKMK bosh muhandisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. Sergey Larionov
- Markazimizning asosiy faoliyati korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalarni ishlab chiqish va hamkorlik asosida ularni tadbiq etishga ko‘maklashishdan iborat. Bu borada dunyoning ko‘plab yirik korxonalari bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorligimiz yaxshi samara berayapti. Yangi hamkorlar topish maqsadida yurtingizga keldik, - deydi markaz direktori o‘rinbosari Sh.Bayramov. – Tatariston Respublikasi ekspertlari va MTMZ mutaxassislaridan iborat hamkorlikda loyiha jamoasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Pilot loyihasi doirasida MTMZda xodimlarni avaylangan ishlab chiqarish mehnat unumdorligini oshirish uslubi orqali o‘qitish ham rejada bor. 6 oy davomida ushbu pilot loyihasi amalga oshiriladi. Avaylangan ishlab chiqarish uslublari Rossiya Federatsiyasi va dunyoning boshqa davlatlarida keng qo‘llaniladi. Biz ekspert tashkiloti sifatida kombinat xodimlari bilan bilim va tajribalarimizni o‘rtoqlashishga tayyormiz.
Kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida har ikki tomon o‘rtasida memorandum ham imzolanishi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati