Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish va fan integratsiyasi bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘quv markazi Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Niyazmetovning ma'lum qilishicha, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali dual ta'lim tizimi bo‘yicha samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Hamkorlik doirasida kon ishi hamda foydali qazilmalarni boyitish yo‘nalishi bo‘yicha 18 nafar talabalar sinovdan o‘tkazilib, kombinat ichki ehtiyojidan kelib chiqqan holda amaliyotga qabul qilingan.
Ayni kunlarda ushbu talabalar 2-mis boyitish fabrikasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashmoqda.
Shuningdek, hamkorlik doirasida 2025 yilda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining kombinat tarkibiy bo‘linmalarida kafedra filialarini tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, Qalmoqqir kon boshqarmasida kon ishi yo‘nalishi, Rux zavodida metallurgiya yo‘nalishi, Markaziy analitik laboratoriyasida kimyo yo‘nalishi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida mexanika yo‘nalishi, Elektr tarmoqlari boshqarmasida energetika yo‘nalishi bo‘yicha kafedralarning filialari tashkil etiladi. Hozirda ushbu kafedralarni tashkil etish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar tayyorlanmoqda.
Mazkur kafedra filiallarida o‘qishlar tashkil etilib, oliygoh o‘qituvchilari tarkibiy bo‘linmalar mutaxassislariga darslar o‘tishadi.
Axborot xizmati