• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishlab chiqarish va kadrlar tayyorlash integratsiyasi muhokamasi

15 Iyun 2023, 14:13 2034

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida kelgusidagi yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan korxonalardagi quvvatlarga yetuk mutaxassislarni yetkazib berish hamda ishlab chiqarish va kadrlar tayyorlash integratsiyasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 10-maydagi “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi ustuvor g‘oyalardan kelib chiqib, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha, davlat va jamiyat boshqaruvi hamda sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturiy hujjatlarni tayyorlash to‘g‘rsidagi” farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda OKMK boshqaruvi raisining Xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov va O‘quv markazi rahbari Doniyor Karimov  ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda “Navoiy KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ kabi korxonalarning kadlarlar bo‘yicha rais o‘rinbosarlari, O‘quv markazlari rahbarlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, MTTU MISiS Olmaliq filiali, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Navoiy davlat konchilik  va texnologiyalari universitetlari mas'ullari qatnashishdi.

Yig‘ilishda metallurgiya sanoatining jadallik bilan rivojlanib borayotganligi munosabati bilan yangi barpo etilayotgan korxonalarga malakali va yetuk mutaxassislarni oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda tayyorlash va yetkazib berish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, tadbirda 2030-yilga qadar investitsiya loyihalaridan kelib chiqqan holda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yo‘nalishlari kesimida ma'lumot berish va shu ma'lumot asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy ta'lim muassasalariga shu soha yo‘nalishlari hamda tor yo‘nalishlari bo‘yicha buyurtmalar berish masalasida ham kelishuvga erishildi.

OKMK mas'ullari tomonidan oliy o‘quv yurtlariga zamonaviy texnologiyalar asosidagi avtomatlashtirish va kukunli metallurgiya kabi tor yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash takliflari berildi.

Tadbir so‘ngida yuqoridagi masalalarning ijrosi bo‘yicha umumiy komissiya tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida: Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayogan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida 3-Misni boyitish fabrikasi barpo etilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida Mashinasozlik zavodi, Ohak zavodi, Metallurgiya kompleksi kabi korxonalar ham quriladi. Ushbu yangi ishlab chiqarish quvvatlariga esa albatta yetuk mutaxassislar zarur bo‘ladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech