Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, amalda faoliyat yuritayotgan “Olmaliq KMK” AJ Angren kon boshqarmasiga qarashli Qizil olma kon maydoni bazasida “Samarchuq” yer osti kon uchastkasini qurish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4oktyabrdagi “Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi raqobatbardosh mahsulotlar hajmini kengaytirishning ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi qarori texnik - iqtisodiy asoslar uchun negiz bo‘lib xizmat qildi.
Samarchuq uchastkasi tomonidan Qizil-olma- soy oltin kon maydonining ruda tomirlari qazib olinishi amalga oshiriladi. Kon maydoni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida, Chotqol tog‘ tizmalarining janubiy-g‘arbiy qismida, Angren kon boshqarmasi Oltin saralash fabrikasidan 6 km shimolda joylashgan bo‘lib, Samarchuq uchastkasida “Oltin tomir” ruda tanasi 13-, 9-, 5-, 6-bis shtolnyalari orqali ochilgan va 1999 yilga qadar qazib olingan.
Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va yangi mahsulotlar ishlab chiqrishni o‘zlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2015 yildan Samarchuq uchastkasi Qizil olma shaxtasi tarkibiga kiritildi va u yerda Qizil olma kon maydoni zahiralarini qazib olishga tayyorlash ishlari 6a-shtol'nyasida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
“Samarchuq uchastkasini qurish” loyihasiga asosan, 2014 yilda OKMKning Shaxtaqurilish boshqarmasi tomonidan 6a-(+1077,8 m) shtol'nyasida o‘tish ishlari olib borilib, u 2015 yilda Angren kon boshqarmasiga foydalanishga topshirildi.
6a-shtol'nyasi asosiy kon o‘tish yo‘nalishi hisoblanib, tog‘ jinslari(rudalar va bo‘sh jinslar )ni yuqoriga olib chiqish, odamlar harakatlanishiga yo‘l ochish, uskunalar va meteriallarni yetkazib berish, shuningdek tog‘-kon o‘tishlari tomoniga toza havoni uzatib berish maqsadlariga xizmat qiladi. Tog‘ jinslarini shtol'nya bo‘ylab tashish V0- 0,8 ag‘darma vagonetkalar ulangan 4KR- 600 kontakt liniyalarida harakatlanuvchi elekt rovozlarida ama lga oshirilishi nazarda tutilgan. 6a - shtol'nyasining gorizonti 1-, 2-, 3-, 4-, 5-ruda tanalari zahiralarini qazib olinishi uchun asosiy tashish yo‘lagi hisoblanadi. Ayni vaqtda 5-shtol'nya o‘zagida tiklash ishlari olib borilmoqda. Keyinchalik 5-shtolnya orqali 3-ruda tomirining qazib olinishi yo‘lga qo‘yiladi.
Bugunga kelib OKMKning Shaxtaqurilish boshqarmasi tomonidan +1045m gorizontini ochish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda Rossiyaning Boshqirdiston shaxta o‘tish kompaniyasi tomonidan Samarchuq o‘zagi bo‘ylab o‘tish ishlari olib borilib, u foydalanishga topshirilgan.
Samarchuq uchastkasi bazasida yillik quvvati 1000 tonnani tashkil etadigan alohida Samarchuq shaxtasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Dilafro‘z EGAMBERDIYEVA