Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 4-dekabr kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanoat, radiatsiya va yadro havfsizligi qo‘mitasi bosh mutaxassislari tomonidan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida qonunchilikka rioya qilish, sertifikatlash, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatiga qo‘yish va xizmat ko‘rsatish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda OKMK Markaziy apparati, Texnologiya departamenti, Mexanika xizmati departamenti, Energetika xizmati departamenti, Tog‘-kon bo‘limi, Marksheyderlik bo‘limi mutaxassislarini hamda korxonalar rahbariyati, bosh mutaxassislari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi muhandislari, ishlab chiqarish nazorati muhandislari ishtirok etishdi.
Seminarda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘i Olimjon Djurayev so‘z olib, sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bir qator yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi.
- Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Prezidentning 2024-yil 24-maydagi “Yer qa'ridan foydalanish, sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 79-son Farmoni hamda “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 186-son Qaroriga muvofiq, yana qayta tashkil qilindi.
Farmonning 3-bandi bilan Qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishi va nazorat qilinishi uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilangan, - deydi Olimjon Djurayev.- Farmonning 1-ilovasiga asosan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi funksiyalari va shtat birliklarini taqsimlandi. Shunga ko‘ra Qo‘mita va Inspeksiyalarning aniq vazifa va funksiyalari taqsimlandi. Qo‘mita faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq chora tabirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan sohaga oid qonunchilik takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib bosqichma bosqich amaliyotga tadbiq qilib borilmoqda. Xozirda Qo‘mita sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi, sohalarini tartibga soluvchi 300 dan ortiq normativ huquqiy va normativ texnik hujjatlar asosida davlat nazorati amalga oshirilmoqda. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasining 1 5ta qonuni Respublikamiz Rahbari va Hukumatning 80 ga yaqin qarorlari bilan yuklatilgan 400 ga yaqin funksional vazifalar asosida qator vazirlik va idoralar bilan xamkorlikda ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Bugungi kunda Respublikada 13 mingdan ortiq korxonalarda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari 158 mingdan ziyod texnik qurilmalardan foydalanilib kelinmoqda. Jami Respublikamizning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida boshlang‘ich hisob kitoblarga ko‘ra 7 mln. dan ziyod xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Qo‘mita nazorati osti obyektlarida joriy yil jami 38 ta baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan bo‘lib, ushbu baxtsiz hodisalar oqibatida jami 51 nafar odam jabirlangan shulardan 9 nafari vafot etgan 42 nafari og‘ir tan jarohati olgan.
Joriy yilda respublikamizda 3 ta avariyalar sodir bo‘lgan bo‘lib, jami 1 mlrd. so‘mga yaqin moddiy zarar keltirgan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning ko‘pchiligi o‘zboshimchalik, ishlarning noto‘g‘ri tashkil etilishi, ehtiyotsizlik oqibatida, sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilmaslik yoki uni qo‘pol ravishda buzish natijasida sodir bo‘lmoqda.
Tadbir davomida korxonalarda sanoat xavfsizligi hamda mehnat muhofazasi holatlarini yaxshilash, avariyalarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tizimli bajarilishi muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Shuningdek, mas'ullar tomonidan sertifikatlash, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatiga qo‘yish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘liq ma'lumot berildi.
Axborot xizmati