• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Islohotlarga kamarbasta bo‘lamiz

17 Oktyabr 2024, 13:35 759

MUNOSABAT

Joriy yilning 15-oktabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida “Yoshlik-1” koni hamda uning negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasini ham ko‘zdan kechirdi.

Qurilishga 2021-yil 29-iyul kuni tamal toshi qo‘yilgan fabrikada bugun bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Mazkur fabrika yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Bu orqali yiliga 917 ming tonna mis va 1,5 ming tonna molibden konsentratlari ishlab chiqariladi.

Fabrikaning qurilishi uchun tanlangan yer maydoni shunisi bilan axamiyatliki, bunda fabrika zinama-zina (kaskad) uslubida qurilishi elektroenergiya sarfini bir muncha tejash imkoniyatini beradi.  

Fabrikaning ishlab chiqarish jarayonlarida uch bosqichli maydalash va ikki bosqichli g‘alvirlash jarayonlari amalga oshiriladi.

Yanchish va flotatsiya korpusida erkin holatda mavjud bo‘lgan oltinni ajratib olish uchun Serbiyaning FALCON gravikonsentraterlari, bo‘tanani sinflarga ajratish uchun Buyuk Britaniyaning WEIR MINERALS gidrosiklonlari o‘rnatilgan bo‘lib, texnologiyani yuqori sifat bilan olib borilishi uchun xizmat qiladi.

Shuningdek, flotatsiya korpusi 6 liniyadan iborat bo‘lib, asosiy flotatsiya jarayonlari METSO OUTOTEC TC-300, 50, 20 flotomashinalari yordamida amalga oshiriladi. Aytib o‘tish joizki, OKMKga yangilik bo‘lgan biser tegirmonlari ruda tarkibidan minerallarni ajratib olishda o‘ziga xos rol o‘ynaydi.

Quyiltirish jarayonlari 6 dona Ø 17 metrlik quyiltirgichlar va filtrlash jarayonlaridan so‘ng 10 % namlikgacha bo‘lgan mis konsentratini mis eritish jarayonlariga yetkazib beriladi.   

Yangi fabrikada yuqori samaradorlikka ega, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llaniladi.

Davlatimiz rahbari bilan kechgan uchrashuvda o‘zimiz uchun bir qator vazifalarni belgilab oldik.

Bugun dunyoda “yashil iqtisodiyot”, elektr texnikasi, elektromobillar sanoati jadal rivojlanayotgani hisobiga 2030-yilga borib mis mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj 40 foizga ortishi kutilmoqda. Bu esa bizga yanada mas'uliyat yuklaydi. Shaksiz, mamlakatning rivojlanishi, geosiyosiy maydonda o‘z so‘ziga ega bo‘lishida uning iqtisodiy qudrati muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda izchil olib borilayotgan islohotlar natijasida Yangi O‘zbekiston rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishning ustuvor vazifalari davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflarida belgilab berilmoqda. Prezidentimizning OKMK, xususan 3-MBFga qilgan amaliy tashrifi iqtisodda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish, moddiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta'minlash jahon iqtisodiga integratsiyalashib borish yo‘lida qo‘yilgan yana bir shahdam qadam bo‘ldi.

Olmaliq shahrida bunday megaloyihalarning amalga oshirilishi o‘z navbatida nafaqat shahar balki mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sishiga katta hissa qo‘shadi. Tashrif milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishga qaratilgan yana bir e'tiborli voqelik sifatida tarixda muhrlanishi shubhasiz.

Erkin Artikbayev,

3-MBF direktori

Bo`lishmoq:
Text to speech