• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha menejment tizimi

28 Iyun 2024, 15:30 823

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning 2024-yil 21-iyun kunidagi “Olmaliq KMK” AJda ISO 37001:2016 “Pora olish-berish bilan kurashish menedjmenti tizimlari. Foydalanish bo‘yicha talablar va qo‘llanma” xalqaro standarti talablariga muvofiq kombinat ijro apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarini sertifikatlashtirishga tayyorlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.

Jumladan, buyruqqa ko‘ra, joriy yilning 26-28 iyun kunlari OKMK boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari, boshqaruv a'zolari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

OKMK Komplaens nazorat xizmati va O‘quv markazi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv seminarida ISO 37001:2016 xalqaro standarti qoida va talablarining mazmun-mohiyati tinglovchilar uchun soha mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirib berildi.

O‘quv seminari so‘nggida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Shuhrat Jo‘rayev,

OKMK Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i v.b.

Bo`lishmoq:
Text to speech