• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Issiqlik elektr markazi – mavsumga shay

18 Sentyabr 2024, 9:40 460

Mamlakatimizda ob-havoning sovishi bilan kommunal xizmatlarning kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik koʻrgani ma’lum boʻladi. Faoliyatining asosini kombinat tarkibiy boʻlinmalari hamda shahar aholisini issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi korxona – Issiqlik elektr markazi ham bu yilgi mavsumga qizgʻin tayyorgarlik koʻrdi.

Issiqlik elektr markazi texnik ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi Aziz Miralievning mahlum qilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida markazdagi mavjud K-4, K-5, K-6 bugʻ qozonlarining mukammal tahmir ishlari shu kungacha 90%ga amalga oshirilgan. 

Shuningdek, markazdagi mavjud agregatlar, suv uzatish quvurlari, shahar dahalaridagi nasos stantsiyalarida joriy tahmirlash ishlari 80%ga bajarilgan. Magistral quvurlari isitish mavsumiga tayyorlangan. Uskunalarni tayyorlash boʻyicha barcha tahmirlash ishlari IEMda tasdiqlangan tahmirlash jadvaliga asosan amalga oshirib kelinmoqda.

Hozirgi vaqtda “Oʻzbekenergo” DAK energiya tizimi bilan parallel ravishda ishlaydigan markazning 2024-2025 yillardagi isitish mavsumi uchun texnologik uskunalari mavsumga shay holatga keltirilgan.

Issiqlik elektr markazida asosiy 5 dona bugʻ qozonlari, 3 dona suv isitish qozonlari va 3 dona bugʻ turbinalari mavjud boʻlib, mehnat jamoasi mavsumga tayyorgarlik jaryoni bilan paralelgʻ ravishda oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni ham bajarib kelishmoqda.

Jumladan, joriy yilning 8 oyida 133,515 mln kVt elektr energiyasi ishlab chiqilib, prognoz 105,5%ga bajarildi. Tarmoqqa elektr energiyasi uzatish boʻyicha prognoz esa 107,4%ga bajarilishi tahminlanib, 112, 515 mln kVt elektr toki tarmoqqa yetkazib berilgan.

Shuningdek, Olmaliq shahri aholisi uchun 268829 Gkal issiqlik energiyasi berilib, prognoz 101,2%ga bajarilgan.

Markazda ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Buning natijasida joriy yilning 8 oyida 10163 ming/m kub tabiiy gaz iqtisodiga erishildi.

Raqamlashtirish har bir sohasiga kirib borayotgani sir emas. Issiqlik elektr markazida ham ishlab chiqarish jarayoniga raqamlashtirish joriy etib kelinmoqda. Xususan, 3-bugʻ turbinasi modernizatsiya qilinib, boshqaruv qurilmalari texnologik jihatdan yangilanib, boshqaruv tizimi toʻliq raqamlashtirildi. Bu esa yuqori samaradorlikni tahminlab kelmoqda. Bu yilda 8-sonli suv isitish qozoni toʻliq modernizatsiya qilinishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, qozonning boshqaruv tizimlari ham butkul yangilanadi.

Bir soʻz bilan aytganda hozirda IEM mehnat jamoasi kuz-qish mavsumiga shay holatda desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech