Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining sut tovar fermasida chorva bosh soni va asosiy turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan yuqori samaradorlikka erishildi.
Bevosita raqamlarga e’tibor qaratadigan boʻlsak, joriy yilning yanvar-aprel oylarida sut mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi oʻtgan 2021 yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻsish kuzatildi.
Jumladan, qoramol bosh soni 743 tadan 862 taga koʻpayib, oʻsish 119 tani (1,16%), buzoqlar soni esa 64 tadan 114 taga koʻpayib, oʻsish 50 tani (1,78%) tashkil etdi.
Sogʻilgan sut hajmi esa 581 232 litrdan 584 054 litrgacha oshdi, ya’ni oʻsish 101 % ni tashkil qildi.
Har bir bosh sogʻin sigirdan oʻrtacha 18-19 litr sut sogʻib olindi. Bu esa 2021 yilning yanvar-aprel oylarida sogʻib olingan oʻrtacha sut hajmidan 0,5 litrga koʻp demakdir.
Sogʻib olingan sutni qayta ishlash salmogʻi 2021 yilning yanvar-aprel oylarida 12,7% ni tashkil qilgan boʻlsa, 2022 yilning shu davrida 37,4% ni tashkil qilib, oʻsish sur’ati 24,7% ni tashkil qildi.
Qaymoq ishlab chiqarish 5396 kg dan 7222 kg gacha koʻpayib, oʻsish 133 % ni tashkil qildi.
Sariyogʻ ishlab chiqarish esa 370 kg dan 3178 kg gacha koʻpayib, oʻsish 8,5 barobardan oshib ketdi.
Tvorog ishlab chiqarish 7990 kg dan 14046 kg gacha koʻpayib, oʻsish 176 % ni tashkil etmoqda.
Kefir tayyorlash esa 5179 litrdan 5228 litrgacha koʻpayib, oʻsish 100,95% ni tashkil qildi.
Bir soʻz bilan aytganda mazkur mehnat jamoasida ishni toʻgʻri tashkil etilganligi, mavjud imkoniyatlardan toʻliq va samarali foydalanish, hisob-kitob va aniq reja bilan ishlashi natijasida yuqori mehnat unumdorligga erishilmoqda.
Axborot xizmati