• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Istiqbolli hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

05 Sentyabr 2022, 13:0 1147

Mana bir necha yillardan buyon Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bir qator yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan doimiy ravishda manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

OKMKning ana shunday ko‘p yillik hamkorlaridan biri Shveysariyaning Glencore kompaniyasidir.

Mazkur kompaniya 1974 yil aprel oyida Shveysariyaning Sug kantonining Bar shahrida tashkil topgan.

Kompaniyaning faoliyati butun dunyo bo‘ylab qazib olish korxonalarini ifodalaydi, avtomobilsozlik, metallurgiya, oziq- ovqat va energetika sohalarida o‘z mijozlariga metallar, minerallar, neftni qayta ishlash mahsulotlari, ko‘mir, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beradi.

Glencore kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqt mobaynida OKMK bilan katodli mis, rux metali va qo‘rg‘oshin tarkibli materiallarni sotib olish bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda. Shuningdek kombinatga mis va rux konsentratlarini yetkazib beradi. Glencore kompaniyasining kombinat umumiy eksport hajmidagi ulushi 30% ni tashkil etadi.

Kelgusida ham OKMK hamda mazkur kompaniya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 30 avgust kuni mazkur kompaniya vakillaridan iborat delegasiya kombinatga tashrif buyurdi.

Kombinat rahbariyati hamda kompaniya vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda istiqboldagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki joriy yilning 29 avgust holatiga OKMK tomonidan kompaniyaga 205,4 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan.

Jumladan, 167,8 mln dollarga mis katodi, 21,7 mln dollarga rux metalli,15,9 mln dollarga qo‘rg‘oshin konsentrati eksport qilingan.

Glencore kompaniyasi tomonidan esa 35,1 mln dollarga rux konsentrati, 17,1 mln dollarga qo‘rg‘oshin tarkibli materiallar bo‘yicha qimmatbaho metallar importi amalga oshirilgan.

Muhokamalar chog‘ida joriy yilda Jayrem va Zarnisor konlaridan 58,5 ming tonna rux konsentratini muntazam yetkazib berishni ta'minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham kelishib olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech