• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Istiqbolli sexning yangi ufqlari

02 Noyabr 2023, 8:24 1694

1995-yil mart oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida emallangan simlar ishlab chiqarish sexi paydo bo‘ldi. Keyinchalik mazkur sex Emallangan mis simlarini cho‘zish va ishlab chiqarish sexi deb atala boshlandi. U mamlakatimiz energiya ta'mir korxonalarining emallangan simga bo‘lgan ehtiyojini qondirib keldi. 2000-yildan boshlab ushbu sex Mis eritish zavodi sexlaridan biri maqomini oldi.

Emallangan sim ishlab chiqarish texnologiyasi BM-13M simlarni cho‘zish mashinasida dag‘al cho‘zilishli simlarni ishlab chiqaruvchi cho‘zish uchastkasi va italiya IMFIANTI firmasining cho‘zish va emallash agregatlarda PETV-2 va PET-155 markali emallangan mis simlari ishlab chiqariladigan emallash uchastkalarini o‘zida mujassam etadi.

Cho‘zish uchastkasi 1996-yil martida tashkil etilgan bo‘lib, u emallangan ishlab chiqarish uchastkasini dag‘al cho‘zilgan simlar bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Dag‘al cho‘zilishli simlar uchun “O‘zbekkabel” AJ mahsuloti bo‘lgan KMO markali mis o‘rama simlari asosiy xom ashyo hisoblanadi. Cho‘zish uchastkasi BM-13M cho‘zish mashinasi bilan jihozlangan.

Emallangan mis simlarini cho‘zish va ishlab chiqarish sexi boshlig‘i Umid Eshonqulov Toshkent Davlat texnika universitetini tamomlab, elektromexanik mutaxassisligini egallagach, ilk mehnat faoliyatini “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida elektrchilangarlikdan boshlaydi. 2005-yildan esa u hozirgi ish joyida faoliyatini elektromexanik sifatida davom ettiradi. Ko‘p o‘tmay, Umid Eshonqulovdagi shijoat va kasbga bo‘lgan mehrni payqagan MEZ rahbariyati jamoa boshqaruvini ishonch bilan unga topshiradi. Yosh rahbar hech ikkilanmay ishga kirishib, birinchi galda e'tiborni tartib-intizomga qaratadi. Rejalarni vaqtida, uzilishlarsiz bajarilishini muhim vazifa etib belgilaydi. Sex jamoasi iste'mol bozoriga kombinatning asosiy mahsulotini yetkazib berishi shunga da'vat etadi. O‘z o‘rnida jamoa bu maqsadlarga erishdi va yildan-yilga mehnat marralari zabt etilishida texnolog Shuhrat Naimov, emallovchilar Anatoliy Zgadov, Abdulla Holmatov, Abdurashid Yergashov, Sergey Semuxin, elektromexanik Dimitriy Kalodinlarning mehnatlari munosib bo‘ldi.

Mahsulot sifati muntazam ravishda sexning laboratoriyasida nazorat qilib boriladi. Laboratoriya muhandisi Oybek Abduqayumov, laborant Matluba Matqayumovalarning orttirgan boy tajribasi hamda talabchanliklari bu vazifalarning bekam-u ko‘st uddalanishida qo‘l kelmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va assortimentlarini oshirish maqsadida 2017-yilda “Mis simlari ishlab chiqarilishini tashkil etish loyihasi” amalga oshirildi va sex tomonidan diametri 1,00 mm.dan 4,50 mm.gacha bo‘lgan emallangan mis simlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, ichki bozorning emallangan mis simlariga bo‘lgan ehtiyoji ta'minlanishiga erishildi.

Zamonaviy Germaniya texnologiyalari joriy etilgan yangi uchastkaning tashkil etilishi mis simlari ishlab chiqarish quvvatlarini 450 tonnadan 5000 tonnagacha oshirish imkonini berdi. Yana bir muhim jihati - loyiha doirasida sex RDT qurilmasi va IR 50-40 mashinasi hamda emalning mexanik mustahkamligini aniqlab beruvchi BST laboratoriya qurilmalari bilan ham jihozlandi. Bir ish smenasi davomida sex laborantlari tomonidan 50-60 ga yaqin sinovlar o‘tkazilib, uning natijalari komp'yuter dasturiga avtomatlashtirilgan tarzda kiritib borilmoqda. O‘tgan yili sex jamoasi tomonidan 470 tonna miqdorida emallangan mis simlari ishlab chiqarilgan holda iste'molchilarga jo‘natilishiga muvaffaq bo‘lindi.

Hasan ABDULLAYEV

Bo`lishmoq:
Text to speech